O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.
Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.
Matbuot xizmati