Joriy yilning 29- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida Qarshi Muhandislik iqtisodiyot inistituti talabalariga " O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish " mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Qurbonov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘lim boshlig‘ning o‘rinbosari Y.Xolturayev hamda Qarshi Muhandislik iqtisodiyot inistituti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Shuningdek Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi A. Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.
Tadbir davomida , Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘lim boshlig‘ning o‘rinbosari Y. Xolturayev kichik biznes subyektlarining turlari, shakllanishi, yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Matbuot xizmati