09/08/2021

Jumladan,   Joriy yilning  9- avgust kuni Nishon tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Xalq ta’limi bo‘limi” faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi. Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

                                                                                             Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech