2021– yilning yanvar–iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 290,2 ming tonna sabzavotlar (2020– yilning yanvar–iyuniga nisbatan 0,1 % ga ko‘p) etishtirildi. Sabzavot etishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot etishtirish umumiy hajmidan 84,6 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Matbuot xizmati