2021- yilning yanvar - iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 5,7 % ni tashkil etib (2020- yil yanvar-iyun oyilarida 6,1 %), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turining o‘sish sur’ati 119,4 % ni tashkil etdi. Ushbu sohada ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7 318,1 mlrd. so‘mga ortdi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchi pog‘onalarni Toshkent (135,3 %) va Sirdaryo (123,9 %) viloyatlari band etgan bo‘lsa, nisbatan past ko‘rsatkichlar Samarqand (114,8 %) va Andijon (112,0 %) viloyatlarida qayd etildi.
Matbuot xizmati