23/06/2021

 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani statistika  bo‘limi tomonidan 2021- yilning 23- iyun kuni tumandagi “FASTER” mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish MCHJ xodimlari ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olishning dolzarbligi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Kitob tumani statistika  bo‘limi boshlig‘i G‘. Murodov so‘zga chiqib 2020-  yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda  aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish  va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorning mazmuni va ijrosi bo‘yicha  ma’lumot berdi.

Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha Xalqaro davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech