21/10/2025

Koson tumanida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu jarayon doirasida Koson tumani hokimligi, viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo‘limi bilan hamkorligida mahalliy tashkilotlar, xususan, mahalla yettiligi bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

 

Tayyorlov ishlarining muhim qismi sifatida ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Seminarlar davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish, shuningdek, aholiga to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

 

 

Tashkil etilayotgan bunday o‘quv-amaliy seminarlar kelgusida aholini ro‘yxatga olish ishlarining izchil va aniq amalga oshirilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech