2024- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3076,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 2023- yilga nisbatan 133,0 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2023- yildagi ko‘rsatkich darajasidan 5,6 % punktga ko‘payib, 25,1 % ni tashkil etdi.