08/01/2024

Aholini roʻyxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng koʻlamli tadbir boʻlib, aholi toʻgʻrisidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Aholini roʻyxatga olish tadbiri – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida maʼlumotlar olishning yagona manbai boʻlib xizmat qiladi.

Birinchi bosqichda (3 yilgacha boʻlgan muddatda)

Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish (normativ xujjatlar, dasturiy taʼminot, tashkiliy ishlar) ishlarini amalga oshirish.

Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha boʻlgan davr)

Bevosita aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha boʻlgan davr)

Aholini roʻyxatga olish tadbirining birlamchi materiallari maʼlumotlari jamlanadi, elektron bazaga kiritiladi, kodlashtirish, nazorat, tahrir qilinadi natijalari eʼlon qilinadi.

Kutilayotgan natijalar:

Har bir maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida yaʼni, viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi soni Respublikani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar boʻyicha manzilli dasturlarning tayyorlanishi. Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki maxsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantishish uchun Ilmiy izlanishlarda foydalanish. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha indikatorlarning shakllanishi Xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini oshirish. Barcha darajadagi demografik holatlar yaʼni, aholining yoshi, jinsi, millati, kam sonli aholisi bor millatlar, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari. Hozirgi demografiyaning aniq hisobi va kelajakdagi prognozi. Respublika, viloyat va tuman darajasidagi byudjetlarning aniq shakllantirilishi. Tuman, shahar, viloyat va respublikada uy-joyga boʻlgan extyojni aniqlash. Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun. Uzoq va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar aholi maʼlumotlarini aniq hisobini shakllanishi shular jumlasidan iborat.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob ishlari olib borilmagan. Bunday sanoq soʻnggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqrogʻi, 1989-yilda oʻtkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan maʼlumki, koʻpgina mamlakatlarda aholini roʻyxatga olish tadbiri kamida har oʻn yilda bir marotaba tashkillashtirilishi anaʼnaga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yoʻlga qoʻyiladi. Bu borada davlatimiz rahbarining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.

Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.

Aholi sonini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil va eʼlon qilishning yagona jarayonidir. U aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai boʻlib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.

Oʻz navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi andligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam oʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash boʻyicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.

Dunyodagi har bir mamlakat, o'zining aholisi va uning yashash holati bo'yicha ishonchli ma'lumotga ega bo'lish maqsadida muntazam ravishda aholini ro'yxatga oladi. Ko'pchilik mamlakatlarda aholini ro'yxatga olish har besh yoki o'n yilda amalga oshiriladi. Hozir jahonning ko'plab rivojlangan davlatlarida aholi o'rtacha har o'n yilda kamida bir marta ro'yxatdan o'tkazilmoqda. Xalqaro amaliyot shunday! Bizda-chi? Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxatga olish 1897- yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu tadbir ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan. Shundan so'ng 1926, 1939, 1959, 1970, 1980- yillarda aholi ro'yxatga olingan. Ushbu tadbir so'nggi bor 1989- yilda o'tkazilib, o'sha paytda respublikamiz aholisi 19,7 million kishini tashkil etgan. Aholining joriy hisobi bo'yicha mavjud ma'lumotlar aholi soni, yashash sharoiti, ma'lumoti, bandligi, yosh-jins tarkibi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o'ziga xosliklar to‘g‘risida aniq xulosa va tahlillar qilishga yetarlicha imkoniyat bermayapti. Mamlakatimizda 1989- yildan keyin hali biror marta ham aholini ro'yxatga olish ishlari bajarilmadi. Bu masalani roppa-rosa 30 yil ortga surib keldik. Shu tufayli demografik muammolarimiz qalashib ketdi. Odamlarning haqiqiy hayot tarzini o'rganish va ularga amaliy yordam ko'rsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi. Nihoyat  BMT 2015- yilning 10- iyunida “2020- yilda aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga ko'ra, BMTga a'zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro'yxatga olishni o'tkazishi belgilab qo'yildi. Hozir Hamdo'stlik davlatlarida bu jarayonga tayyorgarlik boshlanib ketgan. Xususan, O'zbekistonda ham!

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech