2023- yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 51,2 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 2,7 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilga nisbatan 107,0 % ni tashkil etgan holda 4132,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.