2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda tuyalarning umumiy bosh soni 19,9 ming boshni tashkil etgan.
Hududlar oʻrtasida tuyalar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Navoiy viloyatiga (45,7 %) toʻgʻri kelgan.
Shuningdek, yuqori ulush Qorqalpogʻiston Respublikasi (22,1 %), Buxoro (12,2 %) va Qashqadaryo (8,3 %) viloyatlarida qayd etilgan.