06/06/2023

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-photo_5474314102747810630_y

Shundan kelib chiqib, joriy yil 6- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida seminar tashkil etildi.

2-photo_5474314102747810628_y

Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.

3-photo_5474314102747810633_y

Jumladan, Statistika sohasida ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlari, tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy tartib ва uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari yoritib berildi.

4

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech