2023-yil yanvar-mart oylari holatiga G‘uzor tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 104 tani tashkil etib, ular tomonidan 176,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 84,4 %ni tashkil etdi.