So'nggi yangiliklar

2023- yilning yanvar-may oyida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2073,9 ming so‘mga yetdi.

2023- yilning 3–5-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16-maqsadi, 16.4.1 indikatori “Kiruvchi va chiquvchi noqonuniy moliyaviy oqimlarning umumiy hajmi”, soliq va tijorat bo‘yicha noqonuniy moliyaviy oqimlarni oʻlchash” mavzusida oʻquv seminari o‘tkazilishi belgilangan.

2023- yil yanvar – may oyida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 105,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.

2023-yil 4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Statistika ishlari dasturi doirasida bajarilgan ishlar hisoboti” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2023-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 478 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan.

2023-yil yanvar-may oyida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 191,1 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,4 % ini tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 9 892,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-may oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 6 690 taga yetdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining o‘sishidagi asosiy omil, ta’lim sohasidagi xizmatlar 35,9 % ga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 23,9 % ga, boshqa xizmatlar 14,0 %, moliyaviy xizmatlari 10,2 % ga o‘sishi ko‘zatildi.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1208,4 mlrd. so‘mga oshib, 7239,3 mlrd. so‘mga yetdi.

Jahon banki ko‘magi ostida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida MDH davlatlari statistika xizmatlarining mutaxassislari ishtirokida Xalqaro Taqqoslash Dasturi (XTD) -2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etgan. Shundan, arxeologik yodgorliklar 4 797 ta. Respublikamiz hududlari orasida Qashqadaryo viloyatida eng koʻp arxeologik yodgorliklar mavjud.

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2022- yilga nisbatan 7,8 % punktga ko‘paydi va 67,3 % ni tashkil etdi. 

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 036,1 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 49,1 % ni tashkil etdi.

Polsha davlatining qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha tajribasini oʻrganish maqsadida, 2023-yilning 19–23-iyun kunlari Polshaning Varshava shahriga oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 85,3 ming t. K2O kaliy xlorid ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,4 % ga oshgan.