Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- mart holatiga 33 105 taga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 186,0 foizni tashkil etdi.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 34,2 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 20,6 foiz, sanoat – 15,0 foiz, qurilish – 9,2 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 5,5 foiz, tashish va saqlash – 3,0 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2,1 foiz, axborot va aloqa – 1,4 foiz, boshqa turlari – 9,0 foizni tashkil etdi.