Respublikamizda 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2 167 ta bo‘lib, ular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan. Shunda so‘nggi besh yillikda ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
2018- yilda – 1 068 ta
2019- yilda – 1 419 ta
2020- yilda – 1 569 ta
2021- yilda – 2 180 ta
2022- yilda – 2 167 ta