19/07/2021

 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani statistika  bo‘limi tomonidan 2020- yilning 19- iyul kuni tumandagi “ALA QO‘YLIQ” mahalla faollari ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olishning muhim jarayonlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Kitob tumani statistika  bo‘limi boshlig‘i G‘. Murodov so‘zga chiqib 2020-  yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda  aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish  va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorning mazmuni va ijrosi bo‘yicha  ma’lumot berdi.

Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

 

 Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech