Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani statistika bo‘limi tomonidan 2020- yilning 19- iyul kuni tumandagi “Savsan” mahallasida “Respublikamizda bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri aholini ro‘yxatga olish ” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi xodimlari 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorning mazmuni va ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha Xalqaro davlatlar tajribalari va shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar ham berib o‘tildi.
Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati