Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurt ravnaqi va xalq farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Doimo yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyadigan oliyjanob va masʼuliyatli kasb egalari boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga mustahkam sogʻlik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilaymiz.