Qashqadaryoda 2024-yil 1-may holatiga 25 778 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 9787 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 4501 ta
sanoat sohasida – 3307 ta
qurilish sohasida – 2352 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida –1542 ta
tashish va saqlash sohasida – 832 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 651 ta
axborot va aloqa sohasida – 375 ta
boshqa sohalarda – 2431 tani tashkil etdi.