O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori bo‘yicha aholini ro‘yxatga olish 2023- yil 1-25 noyabir kunlari o‘tkaziladi.

Qaror yuzasidan 30- iyul kuni  Сhiroqchi  tumani statistika bo‘limi mutaxassisi va “Oqto‘nli” mahalla faollari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi va barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari tushuntirildi.

Suhbat savol-javob tarzida o‘tkazildi.

                                                                                                                                      Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech