Nashr qilish davri — avgust.

Statistik to‘plamda O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar chop etilgan. To‘plamda yalpi ichki (hududiy) mahsulot, aholi soni va demografiyasi, uning ish bilan bandligi, daromadi, aholi turmush darajasi, ma’lumotliligi darajasi, kasallikka chalinishi, sog‘liqni saqlash va madaniyat, uy-joy bilan ta’minlanganligi, uy-joy fondining obodonlashtirilganligi, tovarlar va xizmatlar iste’mol bozori to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va ijtimoiy-madaniy qurilish, transport va aloqa, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga, shuningdek korxonalar va tashkilotlarni umumiy tavsiflash ma’lumotlariga asosiy o‘rin ajratilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech