Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Vohamiz aholisi diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4887-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimiz, xususan viloyatimizda aholini tibbiy xatlov va antropometriyadan o‘tkazish tadbirlari boshlanmoqda.

Mazkur tadbirlarni tashkil etishga viloyatimizda 1531 ta tibbiy brigada,1088 nafar vrach, 6295 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, shuningdek, vohamizda doimiy ro‘yxatda turadigan, tibbiyot yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlarida bakalavriatning 5- va 6-bosqichlari, magistraturaning 1-, 2- va 3-bosqichlari, klinik ordinatura (rezidentura)ning 1- va 2-bosqich talabalaridan 766 nafari jalb etilmoqda.

Qadrli vohadoshlar!

Tibbiy xatlov va antropometriya (tana vazni, tana vazni indeksi, bo‘y, bel aylanasi, (bolalar uchun bosh va ko‘krak aylanasi), arterial qon bosimi, pul's, saturatsiya o‘lchovini olish) davlatimiz tomonidan aynan Sizlarning salomatligingiz uchun, sog‘lom ovqatlanishingiz, jismoniy faol bo‘lishingiz uchun, aslo doriga qaram bo‘lmasligingiz uchun amalga oshirilayotgan tadbir hisoblanadi.

Barcha ma'lumotlar tegishli jadvalga muvofiq yig‘iladi va elektron bazaga kiritiladi. Maxsus elektron dastur asosida umumlashtiriladi, ular asosida xonadonning elektron “Tibbiy kartasi”, mahalla va tumanning “Salomatlik profili” shakllantiriladi.

Xatlov jarayonida tibbiyot xodimlari va talabalar tomonidan sog‘lom turmush tarziga oid suhbatlar tashkil etiladi.

Hurmatli fuqarolar!

Xonadonma-xonadon yurilgan tarzda tashkil etilayotgan bu tadbirlar Sizning ortiqcha vaqtingizni olmaydi, noqulaylik keltirmaydi va mutlaqo bepuldir. Shaxsiy ma'lumotlaringizning qonuniy daxlsizligini ta'minlash kafolatlanadi.

Shuncha qulayliklar yaratib qo‘yilgan bir paytda Sizlardan mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. Salomatligingizga doir tegishli ko‘rsatkichlar tibbiy xatlovda aniq aks etishi uchun o‘zingiz ham astoydil jon kuydiring!

Azizlar!

O‘z salomatligingizni va tibbiyot xodimlari mehnatini qadrlang!

Faol bo‘ling!

Unutmang, tibbiy xatlov va antropometriya tadbirlari - Sizning sog‘lom kelajagingiz uchun beqiyos g‘amxo‘rlik demak!

 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Qashqadaryo viloyati hokimligida Prezidentimizning joriy yil 12-13 noyabr kunlari viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini о‘z vaqtida ta’minlash va hududni kompleks rivojlantirish masalalariga  bag‘ishlangan yig‘ilish о‘tkazildi.

Ma’lumot о‘rnida, Davlatimiz rahbari tashrif davomida bugungi bozor talabi va “о‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, tumanlarni muayyan iqtisodiyot yо‘nalishlariga ixtisoslashtirish zarurligini ta’kidlagan edi.

Xususan, Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlari bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi. G‘uzor va Muborak tumanlarida neft-gaz-kimyo, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarida qurilish materiallari bо‘yicha kо‘plab korxonalar tashkil etish mumkin. 

Oxirgi 10 yil ichida yalpi ichki mahsulotdagi viloyat ulushi 9,4 foizdan 7,1 foizga, sanoatdagi ulushi esa 11 foizdan 6 foizga tushib ketgan.

Aholining ichimlik suvi ta’minoti viloyat bо‘yicha 50 foizni, xususan, Kosonda 26, Dehqonobodda esa atigi 4 foizni tashkil qiladi. Quvurlarning 60 foizi ta’mirtalab bо‘lib qolgan. Qarshi shahrining kanalizatsiya tizimi ham eskirgan. Avtomobil yо‘llarining 8 ming 700 kilometri yaroqsiz holga kelgan.

Viloyatning 88 maktabida “smena” kо‘rsatkichi yuqori ekani, bir nechta maktab filiali binosi paxsadan qurilgani kо‘rsatib о‘tildi. Qashqadaryo yoshlari oliy ta’limga kirish kо‘rsatkichi bо‘yicha mamlakatda 13-о‘rinda. Bu yil 191 ta maktabning birorta ham bitiruvchisi oliy о‘quv yurtlariga kira olmagan. Chekka hududlardagi maktablar ayrimlari hashar yо‘li bilan paxsadan qurilgan.

- Prezidentimiz "Bu yerga kelishimdan asosiy maqsad – sizlar bilan birga hudud rivojiga kuchli turtki berish bо‘yicha aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilab olish. Qashqadaryo о‘zining salohiyatiga mos yashamayapti, mamlakatimizning kо‘pgina hududlaridan ancha orqada", deya ta’kidlaganlari bejiz emas, - dedi yig‘ilishga rahbarlik qilgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev. - Maktablar yanada zamonaviylashadi va 2021 yilda birorta paxsa devorli ta’lim muassasalari qolmaydi. Kerak bо‘lsa, filial maktablar ham alohida ajralib chiqadi. Shuningdek, viloyatdagi 39 ta kо‘prik qayta ta’mirlanadi.

Yig‘ilish yakunida har bir sohani nazorat qilish bо‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, ular orqali mablag‘larni maqsadli va eng qoloq nuqtalarga yо‘naltirishga kelishib olindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Qarshi shahrida “Yuksalish” umummilliy harakati, viloyat hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashi hamda shahar hokimligi hamkorligida ushbu mavzuda birinchi jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Jamoatchilik eshituvida suv resurslaridan barqaror foydalanish muammolari, shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish holati va bu borada ahvolni yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

“Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qarshi shahri ichimlik suvi tizimini rekonstruksiya qilishga 16,5 milliard so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan shahar hududida har xil o‘lchamdagi 7,9 km uzunlikdagi ichimlik suvi quvuri tarmoqlari qurilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda loyiha doirasida obyektlarda qurilish ishlari boshlangan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida Qarshi shahrining Paxtazor, 4,5,6,7-sonli mitti tumanlarida aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash imkonini beradi”, - deyildi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Valisher Haydarovning taqdimotida.

Eshituv so‘nggida Qarshi shahar aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini yaxshilash yuzasidan jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan bir qator takliflar bildirildi.

U.Jabborov,

Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari

Kapital bozorini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi o‘zining ish faoliyatini “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”    2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi 650-sonli  qarorlarida belgilangan vazifalar asosida amalga oshirmoqda.

Boshqarma tomonidan qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash yuzasidan 2020 yilning o‘tgan davrida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, “Kasbi paxta tozalash” AJning bir guruh aksiyadorlari jamiyat aksiyadorlarining kun tartibiga yirik bitim tuzish masalasi kiritilgan umumiy yig‘ilishida qarshi ovoz berganligi, lekin aksiyadorlarga ularning talabnomalariga asosan ularning aksiyalari jamiyat tomonidan bozori qiymatida sotib olinmayotganligi, shu sababli aksiyalarini jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu murojaatlarni o‘rganish mobaynida haqiqatdan ham “Kasbi paxta tozalash” AJ aksiyadorlarining 28.06.2019 yilda bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishi kun tartibida yirik bitim tuzishga doir masala kiritilganligi, 1 dona aksiyaning bozor qiymati 7874,16 so‘mga baholanganligi, murojaat etgan aksiyadorlar O‘zbekiston Respubikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 40- va 41-moddasida belgilangan muddatlarda aksiyalarining bozor qiymatini to‘lab berish to‘g‘risida jamiyatga murojaat qilganligi, lekin jamiyat tomonidan ushbu Qonunning 40-, 41-moddalari talablari bajarilmasdan ushbu aksiyadorlarning aksiyalarini bozor qiymati to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Dastlab boshqarma tomonidan belgilangan tartibda “Kasbi paxta tozalash” AJga Qonun talablarini bajarishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. “Kasbi paxta tozalash” AJ tomonidan ko‘rsatma ijrosi taʼminlanmaganligi sababli, aksiyadorlarning huquqlarini tiklash  maqsadida Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Birinchi instansiya sudida Kapital bozorini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan kiritilgan daʼvo ariza rad etildi.

Shunday bo‘lsada, hududiy boshqarma  tomonidan birinchi instansiya hal qiluv qarori ustidan Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudiga appelyatsiya shikoyati kiritildi va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudi qarori bekor qilinib, boshqarmaning daʼvo arizasi qanoatlantirildi va aksiyadorlarga 850 millionga yaqin mablag‘lar undirilishi bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, 2016 yilda Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qashqadaryo viloyati “Mashina traktor parklari birlashmasi” AJning yangi taʼsis etilgan “MCHJga taʼsischi bo‘lib kirmagan sobiq 3512 nafar aksiyadorlarining nominal qiymati 1 (bir) so‘mlik jami 531967115 so‘mlik aksiyalari qiymatini bozor bahosida to‘lab berish majburiyatini yuklash to‘g‘risida kiritilgan daʼvo arizasi Qashqadaryo viloyat Xo‘jalik sudining 02.03.2017 yildagi 18-1704/1911-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan bo‘lib, javobgar “Qashqadaryo Agroservis” MCHJ (huquqiy voris) zimmasiga Qashqadaryo viloyati “Mashina traktor parklari birlashmasi” AJning 3512 nafar aksiyadorlarining nominal qiymati 1 (bir) so‘mlik jami 531967115 so‘mlik aksiyalarining bozor qiymatini aniqlab, bozor qiymatida to‘lab berish majburiyati yuklangan.

Lekin, sud qarorini ijro qiluvchi organlar tomonidan javobgar aksiyalarning bozor qiymatini aniqlamaganligi sababli sud qarori ijrosi taʼminlanmay kelayotgan edi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi - Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining huquqiy vorisi sifatida Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudiga, yuqorida ko‘rsatilgan sud qarori ijro usulini o‘zgartirish, yaʼni aksiyalarning bozor qiymatini aniqlash uchun mustaqil baholovchi jalb qilishni va aniqlangan summa bo‘yicha undiruvni javobgarning mol-mulkiga qaratish  to‘g‘risida daʼvo ariza kiritdi.

Sud tomonidan ekspert sifatida ishga mustaqil baholovchi jalb etildi va aksiyalarning bozor qiymati aniqlanib, sud ijro usulini o‘zgartirishga va javobgardan 3512 nafar aksiyador foydasiga 4 574 917 ming so‘m undirishga ajrim chiqarildi.

Aksiyalar sotib olish bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yoki muammolarga duch kelsangiz O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiling.

Manzil: Qarshi shahri, A.Temur ko‘chasi, 43-uy.

Telefon raqamlari: (75) – 225-05-18, (75) – 225-01-97.

Ro‘ziqulov Samariddin Ziyodulloyevich,
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish
agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i

 

Qashqadaryo viloyati hokimi koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining raisi Z.Mirzayev Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VI chaqiriq 10-sessiyasida tibbiyot xodimlariga, korxona va tashkilot rahbarlariga va xodimlariga, yo‘lovchi tashishi va maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish va savdo xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga hamda bozor rahbarlariga murojaat qildi:

Bugungi vaziyatni inobatga olgan holda va Respublika komissiyasining qaroriga binoan bir qator cheklovlar saqlanib qolganligi barchangizga yaxshi maʼlum.

Fursatdan foydalanib viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, katta mashaqqat bilan erishilgan vaziyatni saqlab qolish maqsadida bugun viloyat hokimligi, hurmatli deputatlarimiz, sektorlar rahbarlari Sizlarga murojaat qilmoqchimiz.

Aziz shifokorlar– Siz pandemiya davri boshlangandan buyon yuksak maʼnaviy jasorat ko‘rsatib kelmoqdasiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz evaziga viloyatda virus bilan kasallangan bemorlarning 97% sog‘ayishiga erishildi. Har bir bemorni o‘z qondoshidek, o‘z farzandi va ota-onasidek qaragan, ulardan shirin so‘zini ayamay tepalarida mijja qoqmay tong ottirgan Siz aziz shifokorlarga yuksak, minnatdorchilik bildiramiz.

Bugun Sizlarga shunday murojaat qilmoqchimizki vaziyatni saqlab qolish ko‘proq Sizlarga bog‘liq. aholiga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va undan saqlanib yurish bo‘yicha tushuntirish ishlarini bir muddat to‘xtatmang. Tashkil etilgan mobil guruhlarining samarali ishlashini yo‘lga qo‘ying. Sizdan najot kutib kelganlarni umidsiz qilmang va yordamingizni ayamang. Va albatta o‘zingizni asrang.

Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari – Barcha shirin uyquda yotgan vaqtda o‘zini ayamay, shamoldek yelib, salomatlik va tiriklik elchisi sifatida beg‘araz yordam ko‘rsatib kelmoqdasiz. Tez yordam brigadalarini haydovchilari ham shifokorlar bilan bir qatorda ulug‘ savobga daxldordir. Davr Sizlardan bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko‘ra masʼuliyatliroq hushyor va ziyrak bo‘lishingizni talab etmoqda. Ishonamizki, Siz bu “dovon”dan ham muvaffaqiyatli oshib o‘tasiz, Xalqimiz ishonchini oqlaysiz.

Korxona va tashkilot rahbarlari, aziz tadbirkorlar hamda xodimlar– o‘z tashkilotingizda karantin talablariga to‘la rioya etilishini taʼminlang. Ushbu sohada biror bir holatga befarq qaramang. Barcha xodimlaringiz uchun barcha xavfsizlik talablarini taʼminlang, xodimlarning to‘liq himoya vositalarida bo‘lishini taʼminlang. Kasallik yuqtirgan xodimlaringizga eʼtibor qilib tezroq sog‘ayib ketishiga ko‘maklashing.

Yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi korxona rahbarlari, hurmatli haydovchilar – hozirgi paytda eng katta masʼuliyat Sizlarning zimmalaringizda ekanligini unutmang. Aholi eng ko‘p muloqotda bo‘ladigan jamoat transporti bo‘lganligi bois muayyan cheklovlarni saqlab qolish sharti bilan faoliyatingizga ruxsat berildi. Bu imkoniyatni suiisteʼmol qilmang. Ayrim haydovchilarimiz va yo‘lovchilarimiz tomonidan talablarga bepisand qarash hollari kuzatilmoqda. Biz o‘ylaymizki yo‘lovchilar hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaysiz.

Maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish va savdo xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga hamda bozor rahbarlari, sotuvchilar va dorixona egalari – Mana faoliyatingizni qaytadan boshladingiz, sevimli ishingizga, oilangiz iqtisodini tayanchi bo‘lgan kasbingizga qaytdingiz. Karantinning saqlanib qoladigan talablariga to‘la amal qilishingizni so‘raymiz. Ular aslida murakkab emas va eng asosiysi Sizning to‘laqonli faoliyat yurishingizga to‘sqinlik qilmaydi. Aslida ularning aksariyatini doimiy saqlab qolish ham gigiyena jihatidan ham estetika jihatdan nihoyatda muhim. Tozalik bu sog‘lik garovi, yuksak madaniyat ko‘rinishi.

Oshpazlar va ofitsiantlar ham doimiy ravishda tibbiy niqobda va qo‘lqopda bo‘lishlari shart, ijtimoiy masofani saqlashlari nihoyatda muhim.

Savdo do‘konlari va bozorlarda mahsulotlarni xaridorlar qo‘li bilan ushlamasligi, mahsulotlar shaffof plenka ostida, salqin haroratda toza va ozoda saqlanishi sotuvchilar uchun qut-barakani xaridorlar uchun sifatli mahsulot olishlarini taʼminlaydi.

Bozor peshtaxtalarini har kuni yuvib dezinfeksiya qilish esa bozorni ozoda va fayzli bo‘lishiga, xaridorlarni sonini ko‘payishiga, mahsulotlarni uzoqroq vaqt sifatli saqlanishiga sabab bo‘ladi.

Qadrli mahalla raislari:

Muhtaram Yurtboshimiz 4 avgustda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bugungi kunda “Mahalla” tizimi oldida turgan vazifalarni aniq belgilab berdilar.

Shundan kelib chiqib!

Mahallangizdagi Profilaktika inspektorlari bilan birga har bir kasallangan yoki karantinga olingan fuqarolarning ahvolini nazoratga oling, qayd daftariga kiriting.

Pandemiya tufayli og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan xonadonga befarq bo‘lmang, sektor rahbarlari bilan birga yordam bering.

Bugungi kunda o‘tkazilayotgan to‘y tantana va maʼrakalar to‘liq nazoratingizda bo‘lsin.

Ishtirokchilarni soni 30 kishidan oshmasligini taʼminlang.

Mahallangizdagi har bir fuqaroga, ayniqsa yoshlarga tushuntiring “Karantin yumshatilgani koronavirus xavfi tugadi” degani emas.

Qadrli deputatlar:

Bugungi kunda ehtiyojmand oilalarga ajratilayotgan moddiy yordamlarning adolatli tayinlashi va to‘liq yetkazilishida jamoatchilik faolligini oshiring.

O‘zingiz saylangan saylovchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ayniqsa birlamchi tibbiy xizmat sifati bilan qiziqing.

Tibbiyot xodimlariga shu og‘ir damlarda munosib mehnat sharoitlari yaratilishiga, dorixonalarda dorilar savdo nuqtalarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

Ibn Sino bobomiz taʼbirlari bilan aytganda “Tabiatning eng buyuk asari sog‘lom insondir”. O‘zingizni ehtiyot qiling, qadrdonlar!

Biz birgamiz! Birga yengamiz!

Muhtaram Prezidentimiz taʼbirlari bilan aytganda Biz bu sinovlardan albatta kuchli va baquvvat bo‘lib chiqamiz.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech