Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Qashqadaryo aholisi

01.01.2021 holatiga ko'ra*

3334480
Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Президент Шавкат Мирзиёев 1 март куни Сирдарё вилоятининг инвестиция лойиҳалари тақдимоти билан танишди.

Жорий йил учун мазкур вилоятда 737 та лойиҳа шакллантирилган. Уларнинг умумий қиймати 25 триллион 500 миллиард сўм бўлиб, шундан қарийб 900 миллион долларини хорижий инвестициялар ташкил этади.

Лойиҳалар натижасида йилига 11 триллион сўмлик ишлаб чиқариш қуввати, қарийб 36 минг иш ўрни яратиш мақсад қилинган.

 

Яна бир муҳим томони, янги корхоналар 326 миллион долларлик маҳсулот экспорт қилиш, 124 миллион долларлик импорт ўрнини босиш имконини беради. Лойиҳаларни шакллантиришда тўқимачилик, қурилиш материаллари, фармацевтика ва озиқ-овқат саноати “драйвер” сифатида белгилаб олинган.

Сирдарё вилоятида 200 минг тоннадан зиёд пахта етиштирилади. Давлатимиз раҳбарининг қайта ишлашни чуқурлаштириш, хомашёни қўшилган қийматли маҳсулотга айлантириб сотишга қаратилган сиёсати натижасида бу борадаги кўрсаткичлар ўсиб бормоқда.

 

Хусусан, 2020 йилда вилоятда маҳаллий хомашёдан трикотаж мато тайёрлаш даражаси 70, кийим-кечак ишлаб чиқариш даражаси 75 фоиз бўлган бўлса, жорий йилда буларни 100 фоизга етказиш мўлжалланган.

Тўқимачилик соҳасида амалга ошириладиган 29 та лойиҳа бундай муҳим ўрин тутади. Уларнинг самарасида қарийб 818 миллиард сўмлик ишлаб чиқариш қуввати ташкил этилиб, қўшилган қиймат 2,5 баробар ортади. 6 минг 600 дан зиёд иш ўрни яратилади.

 

Қурилиш материаллари саноатида 16 та лойиҳа режалаштирилган. Масалан, Янгиер шаҳрида кафел, Сайхунобод туманида газоблок, Ховос туманида гипсокартон ишлаб чиқариш йўлга қўйилади. Барча корхоналарни шу йил ишга тушириб, 2 мингга яқин кишининг бандлигини таъминлаш кўзда тутилган.

Озиқ-овқат тармоғида мева-сабзавотларни қайта ишлаш, мош етиштириб, экспорт қилиш, балиқчилик кластери ташкил этиш каби 51 та лойиҳа амалга оширилиши режалаштирилган.

Буларнинг натижасида бозорга арзон ва сифатли маҳсулотлар чиқарилиб, нарх-наво барқарорлигига ҳисса қўшилади. 3 минг 500 га яқин кишининг бандлиги таъминланади.

 

Фармацевтика соҳасидаги 9 та лойиҳанинг ҳам самарадорлиги юқори. Гулистон шаҳри ва Сирдарё туманида фойдаланишга топшириладиган корхоналарда инфузион эритмалар, таблеткалар ва бошқа тиббий воситалар ишлаб чиқарилади.

Давлатимиз раҳбари Мирзаобод туманида Гужарат саноат зонасини ташкил этиш лойиҳасига алоҳида аҳамият қаратди. Олий даражадаги келишувлар натижаси бўлган ушбу мажмуада иқтисодиёт талаб этаётган муҳим лойиҳалар жойлаштирилмоқда.

Хусусан, у ерда томчилатиб суғориш ва иссиқхона жиҳозлари, қишлоқ хўжалиги техникаси агрегатлари ва минитехникалар, пластмасса буюмлар, трикотаж, озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи 8 та корхона бўлади. Уларда 1 минг 600 дан зиёд киши ишлайди. Йилига 25 миллион долларлик экспорт имконияти яратилади.

Бугунги кунда мазкур саноат зонаси учун 40 гектар ер ажратилган. Уни ташкил этишга 100 миллион доллар тўғридан-тўғри хорижий инвестиция жалб этилиши белгиланган. Корхоналар 2021-2023 йилларда бирин-кетиш ишга туширилади.

Президент лойиҳалар ижросида сифат ва муддатга алоҳида эътибор қаратиш, импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар ишлаб чиқаришни кўпайтириш юзасидан кўрсатмалар берди. Сирдарё вилоятининг Тошкент шаҳрига яқинлиги, темир йўл инфратузилмасидан фойдаланиб, логистикани ривожлантириш, қўшни давлатлар билан ҳамкорликни кенгайтириш зарурлигини таъкидлади.

Тақдимотда, шунингдек, аҳолини камбағалликдан чиқариш, ёшлар ва аёллар бандлигини ошириш борасидаги ишларга ҳам тўхталиб ўтилди.


 

Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish, mahallalardagi sharoitni o‘rganish maqsadida 18 fevral kuni Namangan viloyatiga keldi.

Tashrif dasturiga muvofiq ilk manzil Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘ldi.  

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili iyun oyida viloyatda bo‘lganida Kosonsoy, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on tumanlarini bog‘dorchilikka ixtisoslashtirish yaxshi samara berishini aytgan edi. Joriy yil 11 yanvarda esa “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Shunga muvofiq, ushbu tog‘li tumanlarda zamonaviy bog‘ va tokzorlar tashkil etilmoqda.

Ulardan biri – Yangiqo‘rg‘ondagi “Sura General Investments” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bog‘i. Ilgari sug‘orilmaganligi sababli shu paytgacha unumli foydalanilmay kelingan bu yerda Birlashgan Arab Amirliklarining 3 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyasi hisobiga 103 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etildi.

Avvalo, 250 metr chuqurlikdan suv chiqarildi. Hovuz qazilib, tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi. O‘tgan yili Italiyadan ko‘chat olib kelinib, 48 gektarga gilos, 26 gektarga o‘rik, 22 gektarga shaftoli, 7 gektarga olxo‘ri ekildi.

Prezidentimiz bog‘ning iqtisodiy samaradorligi bilan qiziqdi. Bu yerda meva hosildorligi oddiy usuldagiga nisbatan 3 marta yuqori. Navlari ham bozorbop. Tomchilatib sug‘orish tizimi natijasida har gektar yerda suvni 2 barobar ko‘proq iqtisod qilish mumkin.

Daraxtlar kelgusi yili hosilga kiradi. Bog‘ning yillik quvvati 5 ming tonna bo‘ladi. 4 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Korxona yana ming gektarda bog‘ yaratishni maqsad qilgan.

Bog‘da 40 kishi ish bilan ta’minlangan. Qator oralarida sabzavot yetishtirish uchun ishsiz yoshlarga yer bo‘lib berilgan.

Davlatimiz rahbari shunday yoshlar bilan suhbatlashdi.  

– Sizlarning ishli bo‘lganlaringni, kayfiyatlaringni ko‘rib xursandman. Yo‘llaringizni topib, ish bilan bo‘lib, biringizni ikki qilib, farzandlar kamolini ko‘rib yashasalaringiz – mening eng katta maqsadim shu. Buning uchun shu bilan chegaralanmay, ko‘proq bilim olishingiz, yangi marralarga intilishingiz kerak, – dedi Shavkat  Mirziyoyev.

Ilgari namanganlik 160 ming kishi xorijga ish izlab ketgani, bugun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida ularning 100 ming nafari yurtimizga qaytib kelgani ta’kidlandi.

– Yoshlar yo‘lini tasavvur qilolsa, kuch paydo bo‘ladi. Qiyinchiliklardan, sinovlardan xafa bo‘lmaslik kerak. Hayot maktabini o‘tagan inson dunyoga boshqacha qaraydi. Yoshlarning yaxshisiyam, yomoniyam bizning farzandlarimiz. Sizlarga o‘xshagan intiluvchan, ertangi kuniga befarq bo‘lmagan, kasb-hunarli yoshlar boshqa tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.

Prezidentimiz intensiv bog‘ investori bilan muloqotda bo‘ldi.

Shu yerda Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Chust tumanidagi “Chust textile” xususiy korxonasini borib ko‘rdi.

Yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash – davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda shahar va tumanlarda to‘qimachilik majmualari tashkil etilmoqda. Zero, buning uchun xomashyo, infratuzilma va bozor bor.

“Chust textile” korxonasi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan. Fabrikaning ikkita majmuasida 1 ming 300 kishi mehnat qilmoqda.

Korxona buyurtmaga qarab, barcha turdagi ustki va ichki kiyimlarni ishlab chiqarishi mumkin. 2020 yilda qariyb 2 ming tonna mato hamda 5 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsuloti ishlab chiqarilib, Italiya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlarga 9 million dollardan ziyod eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini 12 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezident korxonadagi ish jarayonini, tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

– Ilgari egilib paxta ekardik, egilib terardik, lekin boshqa davlatlarni boqardik. Oxirgi yillarda yaratilgan imkoniyatlar tufayli yangi korxonalar paydo bo‘lyapti, tadbirkorlar emin-erkin rivojlanyapti, qayta ishlash darajasi oshyapti. Klasterlar tuzib, paxtani egali qilganimiz uchun uning sifati ham o‘zgaryapti. Paxta sifatli bo‘lsa, tadbirkorga oson bo‘ladi, mahsuloti sifatli, raqobatbardosh bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Korxona binolari ko‘p material sarflanmay, angar usulida barpo etilgan. Natijada qurilishning o‘zidan 6 million dollar iqtisod qilingan. Yana bir afzallik shundaki, inshoot an’anaviy usulga nisbatan 2-3 marta tez yig‘iladi va tiklanadi. Arzon va sifatli ushbu materialni keyinchalik zarur bo‘lganda ta’mirlash uchun ham kam mablag‘ sarflanadi. Bino shamol, qor va zilzilaga o‘ta bardoshli. Maxsus havo almashtirish uskunalari bilan jihozlangani tufayli qishda issiqlik, yozda salqinlik ta’minlangan.

Davlatimiz rahbari buning mahsulot tannarxiga, raqobatbardoshligiga ta’sirini ta’kidlab, boshqa to‘qimachilik majmualarini ham shunday loyiha asosida qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

“Chust textile” loyihasining umumiy qiymati qariyb 12 million dollar bo‘lib, uch bosqichga mo‘ljallangan. To‘liq quvvatda yiliga 5 ming tonna mato, 15 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Ishchilar sonini 2 ming 200 ga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu yerda Namangan viloyatida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun tuman va shaharlarda texnopark, kichik sanoat zonalari, hududiy klaster va logistika markazlari tashkil etilishini aytgan edi.

Xususan, Namangan viloyatida 72 ta kichik sanoat zonasi uchun joy ajratilgan. bugungi kunda shundan 34 tasi qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Dashtbog‘dagi majmua yaqinda tashkil etilganiga qaramay, korxonalar birin-ketin ishga tusha boshladi. Masalan, “Dream liner tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida maxsus kiyimlar va erkaklar ko‘ylagi tikish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda mahalliy aholi vakillaridan 120 nafari ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoyev ular bilan muloqotda bo‘ldi.

– Eshityapsizlar, O‘zbekistonda «mahallabay», “xonadonbay” degan ibora paydo bo‘ldi. Bu degani – har bir oilaning dardini, niyatini bilib, ularga yelkadosh, ko‘makdosh bo‘lish, sharoit yaratishga harakat qilyapmiz. Mahallangizda mana shunday joy qurilgani, sizlar ishli bo‘lib, bir-birlaring bilan ko‘rishib, viloyatda, mamlakatimizda bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lib, yaxshi kayfiyatda yashayotganlaringiz – ana shu harakat natijalaridan biri. Oldinda yana rejalarimiz, maqsadlarimiz ko‘p. Namanganga ham odamlarning ertangi kunini yaxshi qilish uchun katta zamin, katta mablag‘lar bilan keldik, – dedi Prezident.

Bu yerda yana to‘rtta korxona faoliyat yuritmoqda. “Navro‘z tekstil sanoat” korxonasida bolalar va erkaklar kiyimi, “Aziz Dizayn Servis” shirkatida sumka, ryukzak va chamadon, “Biaz text”da sendvich panellar ishlab chiqarilmoqda. “Kelajak mega stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘quv markazi ochilgan. Mazkur korxonalarda 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.

“Dashtbog‘” kichik sanoat zonasi maydoni qariyb 4 gektar. Yana ko‘plab korxonalarda qurilish, uskunalar o‘rnatish davom etmoqda. Sanoat zonasida umumiy qiymati 119 milliard so‘mlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 3 mingdan ortiq ish o‘rni yaratib, 2,7 million dollarlik eksport qilish mo‘ljallangan.

Kichik sanoat zonasi Dashtbog‘ mahallasi ichida joylashgan. Bu yerda 1 ta maktab, 2 ta bog‘cha, tibbiyot punkti, Davlat xizmatlari markazi va Milliy bank filiali bor. 4700 dan ortiq aholi istiqomat qiladigan mahallada kichik sanoat zonasi qurilgani, ayniqsa, barchani xursand qildi. Hozirning o‘zida 60 dan ziyod yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Sanoat zonasi to‘liq faoliyat boshlagach, Dashtbog‘ mahallasida yashovchi 1500 dan ortiq fuqaroning bandligi ta’minlanadi. Ya’ni mahallada ishsiz odam, deyarli, qolmaydi. Bundan tashqari shu atrofda yashovchi Shodlik, Zarkent, Yuqori G‘irvon, O‘rta G‘irvon, Mehribonlik, Obihayot, Zarafon kabi mahallalarda yashovchi yuzlab yoshlar ishli bo‘ladi.  

Shu yerda Namangan viloyatida yo‘l, transport, qurilish va kommunal infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari Axsikent yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish loyihasiga alohida e’tibor qaratdi.

– Axsikent – juda nodir yodgorlik. U yerdagi ishlarni ilm bilan, milliy g‘urur bilan, hurmat bilan qilish kerak. Bu joy “Namanganning Registoni” bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.

Prezident “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasidagi korxonalarni ko‘rganidan keyin, mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ismoil Kirgizov va Malika Parpiyeva xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Gurungga qo‘ni-qo‘shnilar ham keldi.

– Men ko‘proq oddiy odamlar bilan gaplashsam, sizlarning ko‘zlaringizga qarasam, niyatlaringizni bilsam, deyman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Nuroniylar mahalla tizimiga e’tibor natijasini o‘z hayotlari misolida so‘zlab berdi. Ijtimoiy muammolar hal bo‘lib, turmush sharoiti yaxshilanayotganini aytdi.

– Nima uchun hamma kuchni mahallaga tashlayapmiz. Markazdagi bitta ko‘chani yoritib qo‘yganimiz bilan odamlar rozi bo‘lmaydi-ku. Mahallalardagi odamlarimiz, ayollarimiz, jonajon yoshlarimizni kim eshitadi?! Namangan viloyatida ham 141 ta mahallada muammolar bor – qayerda yo‘l yo‘q, qayerda suv yo‘q, qayerda ishsizlik ko‘p. Ushbu kamchiliklarni bilib, his qilib, katta mablag‘ bilan kelganmiz. Endi uni kim nazorat qiladi, kim xalqni o‘ylaydi? Mahalla, jamoatchilik. Endi mahalla raisi yangilikka intilgan, odamlarning og‘irini yengil qiladigan bo‘lishi kerak, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Dashtbog‘ mahallasi idorasi, Davlat xizmatlari markazi filiali ko‘zdan kechirildi.

Prezident Namangan shahridagi «Art soft holding» shirkatining ilmiy-amaliy malaka oshirish markazi hamda «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgustdagi «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, barcha hududlarda shunday markazlar tashkil etilmoqda.

«Art soft holding» shirkati markazi to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashgan. Bu yerda 12 turdagi ishchi kasb bo‘yicha yiliga 2 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlanadi.

Korxona yonida joylashgan monomarkazda 9 sohaning 27 xil yo‘nalishi bo‘yicha yiliga 3 ming nafardan ziyod aholi o‘qitiladi. Bu yo‘nalishlar mehnat bozori talabini o‘rganish asosida tashkil etilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari zarur asbob-anjom, stanok, kompyuter, mulyaj va boshqa amaliyot uskunalari bilan ta’minlangan.

Muhim tomoni shundaki, markaz davlat-xususiy sheriklik tizimida ishlaydi. Mashg‘ulotlarni amaliyotchi ustalar, tadbirkorlar olib boradi. Davlat sharoit yaratib, ilmiy-ishlab chiqarish jihatidan ta’minlaydi, tadbirkorlar esa o‘zlari o‘qitgan yoshlarni ishga oladi. Ya’ni, bu yerda kasb o‘rgangan yigit-qizlar ishsiz qolmaydi.

Markazda axborot texnologiyalari va xorijiy tillar ham o‘rgatiladi. Xususan, IT-mutaxassislar onlayn xizmatlar ko‘rsatib, yaxshi daromad topmoqda.

Prezidentimiz markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, murabbiylar, kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi. Davlatimiz rahbari viloyatga kelishdan asosiy maqsadi, islohotlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirayotgan omillar, Namanganning iqtisodiy salohiyati, ishbilarmon odamlari haqida gapirdi.

Monomarkazda Namangan viloyatida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Ziyodulla JONIBEKOV,

Abdulaziz MUSAEV,  

Avazbek XUDOYQULOV,

O‘zA muxbirlari

“2022 yilda Samarqand shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko`rish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident farmoyishi (F–5636-son, 23.02.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga muvofiq, 2022 yilda Samarqand shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o`tkazish bo`yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.

 “www.sco-summit2022.uz” veb-sayti faoliyati yo`lga qo`yilib, o`tkazilgan tadbirlar bo`yicha O`zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma`lumotlar bilan to`ldirib boriladi.

Matbuot xizmati

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo‘nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–6155-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi joriy qilinayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – Qo‘mita):

a) “Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan birgalikda:

bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona, Termiz – Urganch – Termiz hamda Qarshi – Urganch – Qarshi aviareyslarиni yo‘lga qo‘yish va Andijon – Xiva – Andijon temir yo‘l qatnovi sonini oshirish;

2021 yil 1 aprelga qadar Termiz – Qarshi – Xiva, Xiva –Urganch – Nukus va Termiz – Qarshi – Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;

b) Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda, mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan aviareyslarni va temir yo‘l qatnovlarini, shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz va Urganch shaharlari hamda Farg‘ona vodiysiga qatnov yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslarni subsidiyalash nazarda tutilsin;

v) turoperatorlar bilan birgalikda subsidiyalash mexanizmini qo‘llagan holda boshqa avia va temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.

3. Qo‘mita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi imtiyoz va preferensiyalar muddatlarini 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:

a) turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish;

b) kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar
uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;

v) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi sub’ektlar bo‘yicha:

yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;

ular tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash.

4. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros ob’ektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) 2-ilovaga muvofiq;

Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli targ‘ib qilish chora-tadbirlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy baйрaмлaриni nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi;

ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam bo‘lmagan “oilaviy sayohat ta’tili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy sayohat ta’tili” yillik asosiy ta’til hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi;

2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi. Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;

xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning O‘zbekiston Respublikasiga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi O‘zbekiston Respublikasiga aviaparvozlari, qo‘nish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, to‘sqinliksiz amalga oshiriladi;

respublikaning turizm namoyishi ob’ektlarini keng targ‘ib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros ob’ektlari bilan tanishtirish hamda ichki turizmni ommalashtirishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni ko‘zlamagan) axborot ma’naviyat va ma’rifat masalalariga doir axborotga tenglashtiriladi.

6. 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasishu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilansin.

7. Transport-logistika masalalarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Komissiyaga quyidagi vakolatlar berilsin:

xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya yo‘nalishlarida aviaparvozlarni tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan tezkorlik bilan hal etish;

aviaparvozlarga ruxsat olish tizimini soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish, parvozlar geografiyasini “bog‘lash” prinsipi orqali kengaytirishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va ularni hal etish;

“Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yo‘nalishlar ochish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish,
ularning loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish;

aeroportlarda quruqlikda xizmat ko‘rsatish (ground handling) sohasini takomillashtirish, belgilangan narxlarni qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish orqali investitsiyalarni jalb qilish;

hududlararo yo‘nalishli avtotransport qatnovlarini kengaytirish, yangi qatnovlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor hal qilish choralarini ko‘rish;

temir yo‘l transporti, shu jumladan temir yo‘l vagonlari
va konteynerlar orqali tashish tizimiga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish tartibini takomillashtirish, bu yo‘nalishdagi muammolarni tezkorlik bilan hal qilish.

8. Belgilansinki:

har yili 1 iyulga qadar Qo‘mita tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatga asosan turizm namoyishi ob’ektlariga olib boradigan yo‘llar qurish va ta’mirlash uchun maqsadli davlat dasturlariga kiritiladi;

2021 yil 31 dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar
va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi.

9. Qo‘mita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
ikki oy muddatda turizm ob’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish, madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish, madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish hamda obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan teng ulushlarda ajratishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda, Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida byudjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish va unga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, istisno tariqasida, 200 milliard so‘m ajratish va ushbu mablag‘lar yo‘naltiriladigan maqsadlar nazarda tutilsin.

10. Qo‘mita raisining amaldagi o‘rinbosarlari soni doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.

Qo‘mita tashkiliy tuzilmasida 2021 yilda rejali qisqartirilishi kutilayotgan shtat birliklari hisobidan 9 ta shtat birligidan iborat Ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.

11. Belgilansinki, 2021 yil 1 martdan boshlab Tashqi ishlar vazirligining mas’ul shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlagan taqdirda, ularga Qo‘mita taklifiga muvofiq mukofot to‘lanadi, prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

12. Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov):

bir oy muddatda ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilishga oid 2021 yil bo‘yicha asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini hamda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni tasdiqlasin;

har oy yakuni bo‘yicha tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonga 1 va 3-ilovalardagi ob’ektlarga olib boruvchi yo‘nalishli avtotransport qatnovi tizimi yo‘lga qo‘yilishini, shuningdek, hududdagi aholining boshqa hududga sayohat qilishi uchun transport qatnovlari tashkil qilinishini ta’minlasin.

13. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish va ziyorat ob’ektlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida, Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi va uning faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.

14. Qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiToshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

15. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi 2021 yil 1 avgustga qadar qadimiy ipak qog‘ozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantatsiyasi va Samarqand ipak qog‘ozini ishlab chiqarish bo‘yicha “Ipakchilik shaharchasi” turistik majmuasini tashkil etishni ta’minlasin.

16. Qo‘mita O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda buyuk alloma va ulamolarimiz, ayniqsa, Imom Buxoriyning bebaho merosini keng ko‘lamda ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, indonez, bengal, malay, turk, arab, hind, urdu, pushtu va boshqa xorijiy tillarda “Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

17. Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi va Qo‘mita bilan birgalikda ikki oy muddatda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolarning qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

18. Samarqand viloyati hokimligi Qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand shahrida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros ob’ektlarini
aks ettiruvchi tematik хиёbонni yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

19. Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi innovatsion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

20. Quyidagilarga:

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A.Abduxakimov zimmasiga – ichki turizmni ommalashtirish va ziyorat turizmini rivojlantirish, Dastur doirasida vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatish;

tashqi ishlar vaziri A.A.Kamilov zimmasiga – xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini tizimli targ‘ib qilish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish choralarini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari zimmasiga – ushbu Farmonga 3-ilovada belgilangan xorijiy mamlakatlarda ziyorat turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish, ulardan respublikaga aviareyslarni tashkil qilishga har tomonlama ko‘maklashish;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A.T.Axmedov zimmasiga – ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi ob’ektlaridagi mas’ul rahbar va xodimlarning xizmat va servis sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish;

transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R.Maxkamov zimmasiga – ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi ob’ektlariga yangi transport aloqalarini o‘rnatish, mahalliy va xalqaro aviareyslar geografiyasini kengaytirish va o‘z vaqtida tashkil qilish hamda “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yo‘nalishlar ochish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga – ushbu Farmonga
1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi ob’ektlarida zarur infratuzilmani o‘z vaqtida barpo etish va ichki turizm oqimini tashkil qilishga oid 2021 yil bo‘yicha asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

21. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tematik ko‘rsatuvlarni tashkil etsin.

22. Moliya vazirligi Qo‘mita bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning 3-bandida belgilangan soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. Qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
12 sentyabrdagi “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi PF–5819-son Farmoni 2021 yil 1 martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

26. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti              Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 9 fevral

UzA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023- YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech