Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Qashqadaryo aholisi

01.01.2021 holatiga ko'ra*

3334480
Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar oyida qiymati 40,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 63,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 mln. AQSh dollariga ko‘p.

 

2021- yil yanvar oyida hududlar kesimida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

 

Qoraqalpog‘iston R. – 2,8 ming tonna

Andijon – 3,9 ming tonna

Buxoro – 4,5 ming tonna

Jizzax – 7,1 ming tonna

Qashqadaryo – 3,1 ming tonna

Navoiy –  158,2 tonna

Namangan – 3,8 ming tonna

Samarqand – 8,0 ming tonna

Surxondaryo – 3,5 ming tonna 

Sirdaryo – 4,8 ming tonna

Toshkent – 10,3 ming tonna 

Farg‘ona – 3,7 ming tonna

Xorazm – 4,5 ming tonna

Toshkent sh. – 3,7 ming tonna.

Matbuot xizmati

O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish tadbiri 2023- yilning 1–25- noyabr kunlari o`tkaziladi. Shuningdek, aholini ro`yxatga olish jarayoni va barcha me'yoriy hujjatlarni sinovdan o`tkazish maqsadida 2021- yilning 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilangan.

perepisichi2260221

perepisichi5260221

Shu munosabat bilan Andijon,  Xorazm, Toshkent viloyati hamda  Toshkent shahrida ishchi guruh tomonidan tuman va shahar markazlarida bannerlar joylashtirilmoqda.

perepisichi3260221

perepisichi4260221

perepisichi6260221

Aholini ro`yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko`lamli tadbir bo`lib, aholi to`g`risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

perepisichi7260221

perepisichi8260221

Aholini ro`yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo`lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma`lumotlarni yig`ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilishi va e`lon qilishning yagona jarayonini o`z ichiga olib, aholi to`g`risidagi ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlariga yordam berish bo`yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur ma`lumotlarni olish imkonini beradi.

Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha tizim – mahallabay va fuqarobay asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.mahallabayichi1250221

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich  boshchiligida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 23-25- fevral kunlari Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati,  Yuqori Chirchiq tumani hokimligi vakillari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yuqotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.mahallabayichi3250221

“Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi “Obodon” va “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholining turmush farovonligi o‘rganilganida aksariyat fuqarolar o‘zlarining tadbirkorlik bizneslarini yo‘lga qo‘yish, yanada rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larini ajratilishi yuzasidan murojat qilishdi. Ularning murojaatlari hududga biriktirilgan bank mutasaddilariga yetkazilib, kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.mahallabayichi4250221

mahallabayichi55250221

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.mahallabayichi6250221

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati

Joriy yilning 24- fevral kuni Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash instituti (SESRIC) hamda Turkiya statistika instituti (TurkStat) bilan hamkorlikda turizm statistikasi sohasida tajriba almashish borasida onlayn seminar tashkillashtirildi.SESICHI1240221

Ushbu vebinar Islomiy hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlari uchun statistik tajriba almashish bo'yicha SESRIC vebinarlari sirasiga kiradi.SESICHI2240221

Tadbirda, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Irgashev Botir Samarovich, Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig‘i Xasanov Xayrulla Odiljonovich hamda Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig‘i Qarshiboyev Baxodir Qurbonboyevich ishtirok etdi.

SESICHI3240221

Vebinar davomida ishtirokchilarga Turizm statistikasi sohasiga oid O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining mamlakatlar bo'yicha taqsimoti, Mehmonxonalar, Turistik faoliyatni amalga oshirgan tashkilotlar soni bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.

SESICHI4240221

SESICHI5240221

Tadbir yakunida ishtirokchilar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo’yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Matbuot xizmati

2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Buxoro davlat universitetda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

2

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

1

Seminar davomida talabalarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

3

 

 

Matbuot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023- YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech