2021- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami 3 334 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 255 taga ko‘p.
2021- yil yanvar oyida 51 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Qarshi shahri – 848 ta
Qarshi tumani – 394 ta
Koson tumani – 279 ta
Chiroqchi tumani – 206 ta
Muborak tumani – 191 ta
Yakkabog‘ tumani – 187 ta
Qamashi tumani – 181 ta
Kasbi tumani – 152 ta
Dehqonobod tumani – 152 ta
Gʻuzor tumani – 148 ta
Shahrisabz shahri –139 ta
Kitob tumani – 137 ta
Nishon tumani – 121 ta
Shahrisabz tumani – 116 ta
Mirishkor tumani – 83 ta
Matbuot xizmati
2020- yilda Qashqadaryo qiymati 43,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 74,4 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Qashqadaryo meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 37,3 ming tonna
Rossiya – 20,4 ming tonna
Afg‘oniston – 4,2 ming tonna
Qirg‘iz R. – 3,2 ming tonna
Xitoy 2,8 ming tonna
Pokiston – 2,3 ming tonna
Turkmaniston – 1,8 ming tonna
Boshqalar – 2,4 ming tonna
Matbuot xizmati
2021- yil 1- fevral holatiga, viloyatda tashish va saqlash sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 958 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 %ga oshdi.
Shundan:
Kichik tadbirkorlik subyektlari – 939 ta
Shundan, mikrofirmalar – 746 ta
Kichik korxonalar – 193 taga to‘g‘ri keldi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 726 ta
Oilaviy korxonalar – 16 ta
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar – 5 ta
Xususiy korxonalar – 166 tani tashkil etdi.
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-son farmoni ijrosi bo‘yicha barcha ishchi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida xodimlar o‘rtasida turli sport tadbirlari o‘tkazmoqda. Xususan, shu yilning 26- fevral kuni reja asosida boshqarma hodimlari o‘rtasida shashka va shaxmat bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
Matbuot xizmati
Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o‘tilmoqda. Xususan, Yakkabog‘ tuman statistika bo‘limi xodimlari va pensiya jamg‘armasi bo‘limi hodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda, har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to‘liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo‘jaligi va aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Matbuot xizmati