Boshqarma boshlig'i o‘rinbosаri

 

Funksional vazifalari

Davlat Statistik ishlar dasturi bo‘yicha takliflar, loyihalar ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun uzatadi hamda Dasturni bajarilishini boshqarma va hududiy bo‘limlarda tashkil qiladi. Statistik kuzatuvlarga amaliy raxbarlik qiladi, ularning samarali amalga oshirilishini, statistik axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tarqatish va saqlash ishlarini nazorat qiladi. Viloyatda va tumanlarda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish uchun statistik ko‘rsatgichlarni axborot tizimini shakllantiradi. Viloyatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda Narxlar dinamikasini va inflyatsiya darajasini, sanoat, hamda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishini, qurilish-pudrat ishlari va viloyat buyicha savdo korxonalarining ulgurji, chakana tovar aylanmasi va tovar zaxiralari to‘g‘risidagi statistik tahlillarni amalga oshiradi. Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma-axborot ishlari bo‘limi, Sanoat statistikasi bo‘limi, Investitsiyalar va qurilish statistikasi, Narx statistikasi bo‘limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limlari ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qiladi, sohalar ko‘rsatkichlari dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘riligi uchun shaxsan javob beradi. Iqtisodiy krizisga qarshi dasturlarni bajarilishini doimiy tahlilini tashkil qiladi. Aniq iqtisodiy sohalarda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash» yili Dasturini bajarilishini nazorat qiladi. Statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilarga tezkor ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish va konsalting-shartnoma xizmatlari ko‘rsatish ishlarini tashkil qiladi, uni bo‘limlar va hududlar tomonidan bajarilishini nazoratini olib boradi. Viloyat hokimligining tomonidan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturining statistik hisobotlarda to‘liq aks ettirilishini nazoratini olib boradi. Boshqarma Kengashi ishlarini tashkil qiladi. Boshqarma boshlig‘i yo‘qligida boshqarma faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.

Quyidagi bo‘limlar ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qiladi:

  1. Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bо‘limi
  2. Investitsiya va qurilish statistikasi bо‘limi
  3. Sanoat statistikasi bо‘limi
  4. Narx statistikasi bо‘limi
  5. Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bо‘limi
  6. Statistik registrlarni yuritish bо‘limi
  7. Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bо‘limi

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech