Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i

Funksional vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi Qonunida ko‘rsatilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari hamda boshqarma apparati xodimlari, tumanlar va Qarshi shahar statistika bo‘limlari ishlariga umumiy raxbarlik qiladi. Davlat statistika prinsiplariga rioya etilishini xalqaro standartlarga va qoidalarga muvofiq bo‘lgan statistik metodologiyani yagonaligini ta’minlaydi. Statistika sohasida yagona siyosat olib borish va amalga oshirishni, zamonaviy xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishni samarali tizimini ta’minlaydi. Statistik ma’lumotlar va hisobot ko‘rsatgichlarining tezkorligini, ishonchliligini ta’minlash va xolisligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi. Kadrlar tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish masalalari bilan shaxsan shug‘ullanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Farmoyishlarini ijrosini tashkil etadi va bajarilishini ta’minlaydi. O‘ziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida, viloyatdagi mavjud korxona, tashkilot, muassasalarga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ular tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarni beradi. Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga asosan choralar qo‘llaydi. Viloyat miqyosida statistik axborotlarni yig‘ib, qayta ishlab va umumlashtirib, mahalliy boshqaruv organlari aralashuvlariga yo‘l qo‘ymaydigan statistik faoliyatni tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilarni belgilangan tartibda statistik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.Boshliq o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari ish faoliyatlarini takomillashishiga yordam beradi.

Quyidagi bo'limlar ishlariga to'g'ridan-to'g'ri rahbarlik qiladi:

1. Kadrlar bo‘limi

2. Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi

3. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi

4. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo‘limi

5. Maxsus qism

6. Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi

7. Tuman (shahar) statistika bo‘limlari

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech