Joriy yilning 31- mart kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda boshqarmaning xodimlari hamda   onlayn tarzda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev ochib berib, bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar, jumladan, taʼlim tizimi, fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari, xususiy mulkchilik shakllari  boʻyicha belgilanayotgan oʻzgarishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, shu yilning 30- aprelida yurtimizda boʻladigan siyosiy tadbir – referendumda fuqarolarning faol ishtirok etishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda boshqarmaning bosh yurskonsulti M. Sharipov so‘zga chiqib yangi Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga koʻpayadi va normalar soni esa 275 tadan 434 taga yetadi. Shu asosida 27 ta yangi moddalar qoʻshilishi kutilmoqda.

Yangi Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalar 3 barobarga, aholi salomatligini asrash bilan bogʻliq boʻlgan normalar 4 barobarga koʻpaytirilmoqda. Bu oʻzgarishlar asosida mustaqil Oʻzbekiston – ijtimoiy, huquqiy davlat deb belgilanmoqda.

Ushbu yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari va qonuniy manfaatlari hamda xususiy mulkchilik shakllarining qonuniy himoyasi ilgʻor jahon tajribasi asosida toʻliq shakllantiriladi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech