Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat bo'lib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro'yxatga olishning vazifalari va prinsiplari yoritib berilgan. Asosiy prinsiplardan biri sifatida davriylik prinsipi, ya'ni aholini ro'yxatga olish o'n yilda kamida bir marta o'tkazilishi hamda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish to'g'risidagi qaror, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo'yilgan.
Yana bir muhim prinsiplardan biri, bu shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi bo'lib, bunda aholini ro'yxatga olish jarayonida yig'ilgan shaxsga doir ma'lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatil-masligi qat'iy belgilab qo'yilgan.
Qonunda respondent tushunchasiga ham aniqlik kiritib ketilgan, ya'ni respondentlar - aholini ro'yxatga olish sanasida O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro'yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ham respondent hisoblanishi yoritib o'tilgan.
Shuningdek, Qonunda, aholini ro'yxatga olishni tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi, maxsus vakolatli davlat organi, ro'yxatga olishni o'tkazishga ko'maklashish bo'yicha Respublika komissiyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, aholini ro'yxatga olishda ishtirok etuvchi respondentlar va ro'yxatga oluvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, aholini ro'yxatga olishni o'tkazish tartibi, tadbirlarni moliyaviy ta'minlash asoslari belgilab berilgan.
Ayni paytda Davlat statistika qo'mitasi tomonidan “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholini ro'yxatga olishning ahamiyatini tushuntirish bo'yicha axborot-targ'ibot ishlari ham izchil davom ettirilyapti. Shuningdek, aholini ro'yxatga olish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan normativ-huquqiy va ilmiy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda. 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech