Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Qashqadaryo viloyati hokimi koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining raisi Z.Mirzayev Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VI chaqiriq 10-sessiyasida tibbiyot xodimlariga, korxona va tashkilot rahbarlariga va xodimlariga, yo‘lovchi tashishi va maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish va savdo xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga hamda bozor rahbarlariga murojaat qildi:

Bugungi vaziyatni inobatga olgan holda va Respublika komissiyasining qaroriga binoan bir qator cheklovlar saqlanib qolganligi barchangizga yaxshi maʼlum.

Fursatdan foydalanib viloyatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, katta mashaqqat bilan erishilgan vaziyatni saqlab qolish maqsadida bugun viloyat hokimligi, hurmatli deputatlarimiz, sektorlar rahbarlari Sizlarga murojaat qilmoqchimiz.

Aziz shifokorlar– Siz pandemiya davri boshlangandan buyon yuksak maʼnaviy jasorat ko‘rsatib kelmoqdasiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz evaziga viloyatda virus bilan kasallangan bemorlarning 97% sog‘ayishiga erishildi. Har bir bemorni o‘z qondoshidek, o‘z farzandi va ota-onasidek qaragan, ulardan shirin so‘zini ayamay tepalarida mijja qoqmay tong ottirgan Siz aziz shifokorlarga yuksak, minnatdorchilik bildiramiz.

Bugun Sizlarga shunday murojaat qilmoqchimizki vaziyatni saqlab qolish ko‘proq Sizlarga bog‘liq. aholiga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va undan saqlanib yurish bo‘yicha tushuntirish ishlarini bir muddat to‘xtatmang. Tashkil etilgan mobil guruhlarining samarali ishlashini yo‘lga qo‘ying. Sizdan najot kutib kelganlarni umidsiz qilmang va yordamingizni ayamang. Va albatta o‘zingizni asrang.

Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari – Barcha shirin uyquda yotgan vaqtda o‘zini ayamay, shamoldek yelib, salomatlik va tiriklik elchisi sifatida beg‘araz yordam ko‘rsatib kelmoqdasiz. Tez yordam brigadalarini haydovchilari ham shifokorlar bilan bir qatorda ulug‘ savobga daxldordir. Davr Sizlardan bugun kechagidan, ertaga bugungidan ko‘ra masʼuliyatliroq hushyor va ziyrak bo‘lishingizni talab etmoqda. Ishonamizki, Siz bu “dovon”dan ham muvaffaqiyatli oshib o‘tasiz, Xalqimiz ishonchini oqlaysiz.

Korxona va tashkilot rahbarlari, aziz tadbirkorlar hamda xodimlar– o‘z tashkilotingizda karantin talablariga to‘la rioya etilishini taʼminlang. Ushbu sohada biror bir holatga befarq qaramang. Barcha xodimlaringiz uchun barcha xavfsizlik talablarini taʼminlang, xodimlarning to‘liq himoya vositalarida bo‘lishini taʼminlang. Kasallik yuqtirgan xodimlaringizga eʼtibor qilib tezroq sog‘ayib ketishiga ko‘maklashing.

Yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi korxona rahbarlari, hurmatli haydovchilar – hozirgi paytda eng katta masʼuliyat Sizlarning zimmalaringizda ekanligini unutmang. Aholi eng ko‘p muloqotda bo‘ladigan jamoat transporti bo‘lganligi bois muayyan cheklovlarni saqlab qolish sharti bilan faoliyatingizga ruxsat berildi. Bu imkoniyatni suiisteʼmol qilmang. Ayrim haydovchilarimiz va yo‘lovchilarimiz tomonidan talablarga bepisand qarash hollari kuzatilmoqda. Biz o‘ylaymizki yo‘lovchilar hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaysiz.

Maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish va savdo xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga hamda bozor rahbarlari, sotuvchilar va dorixona egalari – Mana faoliyatingizni qaytadan boshladingiz, sevimli ishingizga, oilangiz iqtisodini tayanchi bo‘lgan kasbingizga qaytdingiz. Karantinning saqlanib qoladigan talablariga to‘la amal qilishingizni so‘raymiz. Ular aslida murakkab emas va eng asosiysi Sizning to‘laqonli faoliyat yurishingizga to‘sqinlik qilmaydi. Aslida ularning aksariyatini doimiy saqlab qolish ham gigiyena jihatidan ham estetika jihatdan nihoyatda muhim. Tozalik bu sog‘lik garovi, yuksak madaniyat ko‘rinishi.

Oshpazlar va ofitsiantlar ham doimiy ravishda tibbiy niqobda va qo‘lqopda bo‘lishlari shart, ijtimoiy masofani saqlashlari nihoyatda muhim.

Savdo do‘konlari va bozorlarda mahsulotlarni xaridorlar qo‘li bilan ushlamasligi, mahsulotlar shaffof plenka ostida, salqin haroratda toza va ozoda saqlanishi sotuvchilar uchun qut-barakani xaridorlar uchun sifatli mahsulot olishlarini taʼminlaydi.

Bozor peshtaxtalarini har kuni yuvib dezinfeksiya qilish esa bozorni ozoda va fayzli bo‘lishiga, xaridorlarni sonini ko‘payishiga, mahsulotlarni uzoqroq vaqt sifatli saqlanishiga sabab bo‘ladi.

Qadrli mahalla raislari:

Muhtaram Yurtboshimiz 4 avgustda o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida bugungi kunda “Mahalla” tizimi oldida turgan vazifalarni aniq belgilab berdilar.

Shundan kelib chiqib!

Mahallangizdagi Profilaktika inspektorlari bilan birga har bir kasallangan yoki karantinga olingan fuqarolarning ahvolini nazoratga oling, qayd daftariga kiriting.

Pandemiya tufayli og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan xonadonga befarq bo‘lmang, sektor rahbarlari bilan birga yordam bering.

Bugungi kunda o‘tkazilayotgan to‘y tantana va maʼrakalar to‘liq nazoratingizda bo‘lsin.

Ishtirokchilarni soni 30 kishidan oshmasligini taʼminlang.

Mahallangizdagi har bir fuqaroga, ayniqsa yoshlarga tushuntiring “Karantin yumshatilgani koronavirus xavfi tugadi” degani emas.

Qadrli deputatlar:

Bugungi kunda ehtiyojmand oilalarga ajratilayotgan moddiy yordamlarning adolatli tayinlashi va to‘liq yetkazilishida jamoatchilik faolligini oshiring.

O‘zingiz saylangan saylovchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ayniqsa birlamchi tibbiy xizmat sifati bilan qiziqing.

Tibbiyot xodimlariga shu og‘ir damlarda munosib mehnat sharoitlari yaratilishiga, dorixonalarda dorilar savdo nuqtalarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

Ibn Sino bobomiz taʼbirlari bilan aytganda “Tabiatning eng buyuk asari sog‘lom insondir”. O‘zingizni ehtiyot qiling, qadrdonlar!

Biz birgamiz! Birga yengamiz!

Muhtaram Prezidentimiz taʼbirlari bilan aytganda Biz bu sinovlardan albatta kuchli va baquvvat bo‘lib chiqamiz.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech