Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti – president.uz mutlaqo yangicha formatda va shaklda 1 yanvardan test rejimida ishga tushirildi. Bu saytdan ish jarayonida doimiy foydalanib turganim sababli, uni birma-bir kuzatib chiqdim.

Gap uning dizayni o‘zgargani haqida ham emas. Kontent jihatidan ham boyitilgani diqqatimizni tortmoqda.

Biz shu paytgacha davlat boshqaruvining eng yuksak organi xodimlari tarkibi haqida ma’lumotga ega emas edik.

Yangi saytda “Prezident Administratsiyasi” degan alohida bo‘lim ochilgani juda yaxshi o‘zgarish bo‘libdi.

Unda Prezident maslahatchilari, Prezident Administratsiyasining asosiy vazifalari, Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati rahbariyati, Prezident va Administratsiya huzuridagi tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Ochig‘ini tan olishimiz kerak, shu vaqtga qadar Zaynilobiddin Nizomiddinov haqida ko‘p eshitar edik-ku, biroq siyratini tasavvur qila olmas edik. Yoxud Aziz Magrupovning Prezident yordamchisi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari ekanligini bilmasdik. Yoki Zelimxon Haydarovning dovrug‘ini uzoq-uzoqdan eshitardigu, o‘zilarini ko‘rmaganmiz ham, endi esa, Prezident Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari ekanini ham bilib oldik.

“Quyi tashkilotlar” ruknida Prezident huzuridagi va Prezident Administratsiyasi huzuridagi tashkilotlar, ularning vazifalari aniq-tiniq qilib yozib qo‘yilgan va bu menga ularni bir-biridan ajratib olishimizga yordam berdi. Shu bilan birga ularning manzillari, elektron saytlari, telefon raqamlarigacha keltirilgan.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi maqomi ko‘z oldimda yaqqol ifodalandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi ham muhim tuzilmalar sifatida ayon bo‘ldi.

Hujjatlar qismida, farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, taraqqiyot strategiyasi, infografiya va tashabbuslar ruknlari ostida barcha muhim me’yoriy hujjatlar bilan tanishish mumkin.

Saytda “Videogalereya” tashkil etilgan. Ilgari Prezident faoliyatiga oid film va videolavhalarni saytdan topib bo‘lmas edi. Buning uchun “Youtube” yoki “Telegram” platformasiga kirish, undan ham izlab ancha keyin ko‘rish mumkin edi. Endi ular veb-saytning o‘zida to‘rtta kategoriya bo‘yicha “TAS-IX” tarmog‘iga joylashtirib borilayotgani ayniqsa axborotga tashna biz jurnalistlar uchun juda qulay bo‘lgan.

Davlat rahbarining “Facebook” va “Twitter” ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o‘tmasdan turib ham ularni saytning o‘zida ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan va bu uning interfaolligini yanada oshiradi.

Prezident rasmini olish va uni OAVda berish Karimov davrida nihoyatda azob bo‘lib, buning uchun “alohida ruxsat olish” va “bir xildagi tasdiqlangan rasm”ni faqat “rozilik olgan nashrlar”da berish mumkin bo‘lardi. Shu ma’noda “Mediateka” bo‘limining fotosuratlar bilan boyitilgani ayni muddao bo‘libdi. Rasmlarning sifati ham yaxshilangan va faqat rasmiy qolipda emas, balki qiziqarli suratlar salmog‘i oshgan, saytning havolalariga kirish ayniqsa qulay va tezkor bo‘libdi.

“Bog‘lanish” rukni ichiga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish uchun aloqa usullaridan foydalanishingiz, virtual qabulxonaga elektron murojaat yo‘llashingiz, 1000 yoki 0-800-210-00-00 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, murojaatingiz mazmun-mohiyatini bayon qilishingiz, Xalq qabulxonalarining aloqa ma’lumotlariga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bu shunchaki ma’lumotlar oladigan sayt emas, balki davlat rahbari idorasining funksiyalarini samarali amalga oshirish imkoniyatini beradigan o‘ziga xos elektron platforma desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentning Oliy Majlisga murojaatida ommaviy axborot vositalariga erkinlik yaratish yanada kengayishi, adolatli va ochiq jamiyat qurish borasida ishlar izchilligi haqida so‘z borgandan uch kun o‘tmay saytning tezkor yangilanishi, albatta axborot sohasidagi siyosatning o‘ziga xos ko‘rsatkichi, deb ishonamiz.

Sherali Otaboyev, O‘zA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech