Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Qashqadaryo aholisi

01.01.2021 holatiga ko'ra*

3334480
Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha tizim – mahallabay va fuqarobay asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

bekobodichi1020321

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi “Turkiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

bekobodichi3020321

bekobodichi4020321

Ayni kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi vakillari mahallalarda uyma-uy yurib, aholining turmush darajasi, keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganib, tumandagi tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga ko‘maklashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olinganlarga alohida e'tibor qaratish, ularning bandligi va salomatligini tiklash kabi masalalar ham diqqat markazida bo‘lmoqda.

bekobodichi5020321

bekobodichi6020321

“Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining turmush farovonligi o‘rganilganida aksariyat fuqarolar o‘zlarining tadbirkorlik bizneslarini yo‘lga qo‘yish, yanada rivojlantirish maqsadida kredit mablag‘larini ajratilishi yuzasidan murojat qilishdi. Ularning murojaatlari hududga biriktirilgan bank mutasaddilariga yetkazilib, kredit ajratilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

bekobodichi7020321

bekobodichi8020321

Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining  Bekobod shahridagi “Turkiston”  mahallasida o‘rganish ishlari davomida aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi kabi masalalar ham nazoratga olinib, muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar qilinmoqda.

bekobodichi9020321

bekobodichi10020321

Shuningdek, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularga tadbirkorlikni o‘rgatish, oilalarning xoxishi va sharoitiga qarab, issiqxonalar tashkil etish, parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni o‘rganishi hamda boshlashi uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tavsiya va yordam berilmoqda.

bekobodichi11020321

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan “Mahallabay” ishlash tizimidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududdagi aholi, ayniqsa, keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, nogironlar holidan xabar olish, ularning muammolariga birgalikda yechim topish maqsadida, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.ishchiguruhiichi1020321

Jumladan, Yangihayot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasidagi M. Fayozovga nogironlik aravachasi hamda oilasi uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

 

ishchiguruhiichi4020321

Shuningdek, “Viqor”, “Al Farg'oniy”, “Yo‘ldosh” mahallalarida  istiqomat qiluvchilarning holidan xabar olinib, oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mazkur fuqorolarni qiynayotgan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli  tashkilotlarga murojaat qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

ishchiguruhiichi5020321

ishchiguruhiichi6020321

Ishchi guruhi a'zolari mahallalardagi ko‘chalar, ariqlar, yo‘laklarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan ta'minlanganlik darajasi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning lift va tom qismlari, isitish tizimlaring qay holatda ekanligini ham o‘rganmoqda.

Matbuot xizmati

2021- yilning 23–25- fevral kunlarii Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Insitutichi202032021

Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida vazirlik va idora xodimlari uchun o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

Insitutichi302032021

“Statistika asoslari” bo‘yicha, shartnoma asosida o‘qitilayotgan o‘quv kursining birinchi bosqichida idoraviy statistik ma'lumotlarni shakllantirish va Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta'minlash borasida ma’lumotlar berildi.

Insitutichi402032021

O‘quv kursi ishtirokchilariga institutning professor-o‘qituvchilari, qo‘mitaning tarmoq statistka boshqarmalari mutaxassislari ma'ruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika bo‘yicha tayyorlangan tahliliy statistik ma'lumotlar haqida batafsil tushuncha bermoqda.

O‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.

 Matbuot xizmati

Joriy yilning 1- mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Mo‘ynoq tuman hokimligida yurtimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mavzusida o`quv seminari tashkil etildi.

Seminarda, Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

seminarichi201032021

seminarichi301032021

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

seminarichi401032021

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Matbuot xizmati

2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

YOSHLARICHI1010321

YOSHLARICHI2010321

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

YOSHLARICHI3010321

YOSHLARICHI4010321

YOSHLARICHI5010321

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

YOSHLARICHI6010321

YOSHLARICHI7010321

Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.

Matbuot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023- YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech