Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

2020-yil yanvar-aprel oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 174,5 mlrd. so’mni tashkil etdi. Jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o’tgan yildagi ko’rsatkich darajasidan 3,0 punktga kamaygan. Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi.Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 64,4% i to`g`ri kelib, o`tgan yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan o’zgarish kuzatilmadi. Shuningdek, ular hissasiga to`g`ri kelgan qurilish ishlari hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 87,2% ni tashkil qilgan holda 856,5 mlrd. so`m miqdorida qayd etildi.Batafsil...

Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha 2020-yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 3979,9 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 89,6 % ni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida, sanoat ishlab chiqarish indeksi o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan tog’–kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda – 87,8% ni, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida – 89,0 % ni, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashda – 106,0 % ni va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishda – 48,4 % ni tashkil etdi. 

Batafsil...

Dastlabki ma’lumotlar bo’yicha 2020-yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 3979,9 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish indeksi 89,6 % ni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida, sanoat ishlab chiqarish indeksi o`tgan yilning tegishli davriga nisbatan tog’–kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda – 87,8% ni, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida – 89,0 % ni, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashda – 106,0 % ni va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishda – 48,4 % ni tashkil etdi.

Batafsil...

 

  O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari tomonidan tasdiqlangan 2020-yil 13-maydagi 03/1-277-sonli “O'zbekiston Respublikasi hududlarida 2020-yil hosilidan tayyorlangan pilla xom-ashyosining hisobini yuritish bo'yicha vaqtinchalik Tartib”da ko'rsatib o'tilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, ishni to'g'ri tashkil qilish maqsadida joriy yilning 15-may kuni Davlat statistika Qo'mitasi tomonidan video aloqa seminar bo'lib o'tdi. Video aloqa seminarda Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi rahbari F.Turayev, boshqarmaning Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi boshlig'i, hududiy statistika bo'lim boshliqlari hamda hududlardagi Pillani qayta ishlash korxonasi rahbari ishtirok etdi. Ushbu seminarda vaqtinchalik tartibda belgilab berilgan vazifalar kelishib olindi.

 

Axborot xizmati

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o'tkazish to'g'risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, Davlat statistika ko‘mitasi hamda BMTning YUNISEF jamg‘armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda multiindikator klaster kuzatuvlarini o'tkazish bo'yicha harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

Rejaga asosan joriy yilning 7 sentyabrdan boshlab Respublikaning barcha hududlarida tanlanma asosida multiindikator klaster kuzatuvlarini o'tkazish belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi “2020-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o'tkazish to'g'risida”gi 625-son qarori hamda Davlat statistika qo'mitasining 2019 yil 29 iyuldagi 83-sonli buyrug'i Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

14-may kuni 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari Davlat statistika qo'mitasining mutasaddi xodimlari tomonidan test sinovlari va suhbatdan o'tkazildi.

 

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech