Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Joriy yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

 

Prezidentimiz topshirig‘i hamda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilab berilgan dasturlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2020- yilning 11- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Investitsiya va qurilish statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish” mavzusida videoseminar o‘tkazildi. Unda boshqarma rahbariyati, Investitsiya va qurilish statistikasi bо‘limi xodimlari hamda tuman va shahar statistika bо‘limlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda, Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining o`rinbosari SH.Tayloqov mavzu yuzasidan batafsil to‘xtalib otdi. Videoseminarda shuningdek, Investitsiya va qurilish statistikasi bo'limi boshlig`i o'rinbosari G.Ziyatova qurilish ishlari hajmini shakllantirish bo‘yicha ma’lumot berdi.

Tuman va shahar statistika bо‘limlari xodimlariga kapital qurilishning pudrat usuli, qurilishning xo`jalik usuli, hamda qurilish faoliyatiga doir asosiy tushunchalar  bo`yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar bergan edi.

Prezidentimiz topshirig‘i hamda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilab berilgan dasturlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020- yilning 10- iyun kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida “Sanoat statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi. Unda  boshqarma rahbariyati, sanoat statistika bо‘limi xodimlari hamda tuman (shahar) statistika bо‘limlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda,  Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o`rinbosari S.Safarov mavzu yuzasidan batafsil to‘xtalib otdi. Konferensiyada shuningdek, sanoat statistikasi bo'limi boshlig`i o'rinbosari J.Erkayev sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va ishlab chiqarish mahsulotlarining texnologik turlari bо‘yicha hisoblash usullari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Tuman (shahar) statistika bо‘limlari xodimlariga kichik biznes subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmini aniqlash, о‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida oylik baholash ishlarini amalga oshirish bo`yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Axborot xizmati

 

 

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasiga 2020-yilning yanvar-may oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 90 ta murojaatlar kelib tushgan.

Batafsil...

Hozirgi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlariga tarqalgan koronavirus (COVID-19) pandemiyasi xalqaro integratsiyaning kamayishiga hamda davlat chegaralarning yopilishiga sabab bo`ldi. Bu esa mamlakatning tashqi savdo sohasi hamda aholining turmush darajasiga bevosita o`z ta`sirini o`tkazmoqda. 2020-yil yanvar-aprel oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 175,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 70,4 mln. AQSh dollariga yoki 28,6 % ga kamaydi.

Batafsil:

Qashqadaryo viloyati bo’yicha 2020- yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 3 732,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2019-yilning shu davriga nisbatan 9,2 % ga kamaydi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 259,1 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 2,3 m. ga), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 3473,0 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 86,9 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 319,4 mlrd. so‘mni (2019-yilning shu davriga nisbatan 79,8 %) tashkil etdi.

Batafsil:

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech