Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Qashqadaryo aholisi

01.01.2021 holatiga ko'ra*

3334480
Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Joriy yilning 22-fevral kuni Yakkabog‘ tumani statistika bo‘limi xodimlari  tomonidan, 24- sonli umum ta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi. Xususan, tuman kadastr bo‘limi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi birgalikda har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to‘liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo‘jaligi  va aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligini ta’kidlandi. Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro‘yxatga olish varag’i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo‘riqnomasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Matbuot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023- YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech