Joriy yilning 22-fevral kuni Yakkabog‘ tumani statistika bo‘limi xodimlari va tuman 3- son umum ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “2023- yilda Aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to‘g‘risida”gi 710- son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha so‘z yuritildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati