Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Joriy yilning 12- yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi xodimlari va boshqarmaning barcha tarmoq bo‘limi boshliqlari ishtirokida videoaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Safarov so‘zga chiqib, 2020- yil yakunlari bo‘yicha 1- kb shakli “Mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisobotida bo‘lgan o‘zgarishlar, qamrovini to‘liq ta’minlash, shuningdek, hisobot intizomiga rioya etilishini va sifatli statistik ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlash haqida ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i E. Begmurodov so‘zga chiqib, hisobot yilida yangi tashkil etilgan subyektlarni o‘z vaqtida hisobot taqdim etishlari zarurligi to‘g‘risida ularning telefon raqamlari orqali xabardor qilinishini tashkil etish, elektron shaklda hisobot taqdim etish uchun elektron raqamli imzo kaliti mavjudligi hamda uning amal qilish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlar orqali hisobchilarga hisobotlarni to‘ldirish va elektron shaklda taqdim etish tartibi to‘g‘risida masofaviy o‘quv-seminarlar tashkil etish, hisobotlarni imkon qadar hisobot taqdim etish muddatining oxirgi kunlariga qoldirmaslik, hisobot taqdim etuvchi subyektlarning mavjud telefon raqamlariga o‘z vaqtida hisobot taqdim etishlari to‘g‘risida eslatma shaklida SMS xabarlar jo‘natish shartligi, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda, qatnov ko‘p bo‘ladigan ko‘chalarda, maxallalarda hisobot topshiruvchi subyektlar uchun davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibi va muddatlari aks ettirilgan e’lonlar va bannerlar osib qo‘yish, ommaviy axborot vositalari, mahalliy televideniya, radio, gazetalarda hamda Internet tarmog‘i orqali boshqarmaning rasmiy saytida statistik hisobotlarni taqdim etish muddatlari bo‘yicha e’lonlar berish haqida keng va atroflicha ma’lumotlarni berdi.

Axborot xizmati.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech