Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech

Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 75) 221-16-42.

Text to speech   Click to listen highlighted text! Text to speech Powered By GSpeech
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech

QASHQADARYO VILOYAT TARIXI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Joriy yilning 14- yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B. Maxmadaliyev, Aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i U. Azimov hamda Qarshi shaxar statistika bo‘limi boshlig‘i S. Qaxxorov tomonidan aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan Qarshi shaxar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo‘lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o`tildi. Xususan, tuman kadastr bo‘limi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo`limi birgalikda har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to‘liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo‘jaligi  va aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligini ta`kidlandi. Shuningdek, davra suhbati qatnashchilari аholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to‘ldirish yo`riqnomasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati

Avvalo, barcha yurtimiz o‘g‘lonlarini, o‘zini Vatan himoyachisi deb biladigan har bir insonni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Har bir fuqaro, har kuni Vatan himoyasiga o‘z hissasini qo‘shib keladi.

Kimdir bo‘lajak himoyachilarni tarbiyalash bilan, yana kimdir zavodda mashaqqatli mehnati bilan, boshqa birov chegaralarni tashqi havfdan muhofaza qilib.

Shunday ekan, viloyat statistika boshqarmasi hodimlari bu kun bilan har biringizni chin ko‘ngildan muborakbod etadi. Barchangizni  oilangizga tinchlik, sog‘lik, omonlik tilaymiz. Sizlarning xalqimiz or-nomusi, ona Vatan oldidagi muqaddas vazifalaringizni sharaf bilan bajarishingizga qat’iy ishonamiz. Ilohim, yurtimiz tinchligini himoya qilish yo‘lidagi mashaqqatli va xayrli ishlaringizda katta zafarlar, tolmas kuch-g‘ayrat yor bo‘laversin!

Viloyat statistika boshqarmasi jamoasi

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga viloyatimizda jami 3 289 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 245 taga koʻp.

 2020-yilda 350 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

Qarshi shahrida – 838 ta;
Qarshi tumanida – 384 ta;
Koson tumanida – 273 ta;
Chiroqchi tumanida – 203 ta;
Yakkabogʻ tumanida – 188 ta;
Muborak tumanida – 188 ta;
Qamashi tumanida – 181 ta;
Dehqonobod tumanida – 151 ta;
Kasbi tumanida – 150 ta;
Gʻuzor tumanida – 145 ta;
Shahrisabz shahrida – 139 ta;
itob tumanida – 133 ta;
Nishon tumanida – 118 ta;
Shahrisabz tumanida – 115 ta;
Mirishkor tumanida – 83 ta;

 

Axborot xizmati

Joriy yilning 13- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasida tahliliy-statistik jadvallar hamda (planshet ma’lumotlari)ni shakllantirish yuzasidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun vebinar tashkil etildi.

Vebinarda boshqarma rahbariyati va tarmoq bo‘limlari boshliqlari tuman (shahar) statistika bo‘limi xodimlariga tahliliy-statistik jadvallar (planshet ma’lumotlari)ni shakllantirish, jadvallarni 2021- yildan har oy viloyat, shahar va tumanlar kesimida to‘ldirib, Davlat statistikasi  qo‘mitasiga taqdim etib borish, bundan tashqari planshet ma’lumotlarini har oyning 20- sanasiga qadar boshqarmaning  statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot tahliliy ishlar bo‘limiga taqdim etish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berib o‘tdilar.

 Axborot xizmati

Joriy yilning 13- yanvar kuni Qarshi shahar statistika bo‘limi boshlig‘i S.Qaxxorov  tomonidan Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida iqtisodiyot fakultiteti  talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi    710- sonli qaroriga muvofiq 2023- yilda Respublikamizda o‘tkaziladigan “Аholini ro‘yxatga olish tadbiri to‘g‘risida” tushunchalar berib borildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil    11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi.

O‘tkazilgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech