Sayt test rejimida.

TADBIRKORLAR UCHUN

Hozigi kunda xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaatlarning kо‘payib borayotganligini inobatga olib, shuningdek, aholiga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tumanlarda ham ma’lumotlarni yig‘ish punktlari ish boshladi. Bu haqda viloyat IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ullari xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bungacha xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun Qashqadaryo viloyati IIB M va FRB va Shahrisabz shahar, Qarshi tumani Ichki ishlar bо‘limlari Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish bо‘linmalari ma’lumotlarni yig‘ish punkti  faoliyat yuritayotgan edi. 

О‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Nishon, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari ham ma’lumotlarni yig‘ish punktlari tashkil etildi. Ushbu ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan berilgan texnik qurilmalar о‘rnatilib, xorijga chiqish pasporti olish bо‘yicha aholiga xizmat kо‘rsatish yо‘lga qо‘yildi. 

Bugungi kunga kelib xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun tashkil etilgan ma’lumotlarni yig‘ish punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat kо‘rsatmoqda:

Qashqadaryo viloyati IIB MvaFRBda - Koson, Muborak, tumanlari va Qarshi shahar aholisi.

Qarshi tumani IIB M va FRBda - Kasbi va Qarshi tumani aholisi.

Nishon tumani IIB M va FRBda - Nishon, Mirishkor tumanlari aholisi.

G‘uzor tumani IIB tuman IIB  M va FRBda - G‘uzor va Dehqonobod tumani aholisi.

Yakkabog‘ tumani IIB M va FRBda - Yakkabog‘ tumani aholisi.

Shahrisabz shahar IIB M va FRBda – Shaxrisabz shahri, Kitob va Shahrisabz tumanlari aholisi.

Chiroqchi tumani IIO FMB M va FRBda - Chiroqchi va Qamashi tumanlari aholisi. 

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida xorijga chiqish pasportini olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktlari ochilishi rejalashtirilgan.

Faoliyat yuritayotgan ma’lumotlarini yig‘ish punktlarida xorijga chiquvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, homilador ayollar, yosh bolalar va nogironlarga navbatsiz xizmat kо‘rsatish tizimi joriy etilgan.

Yana bir qо‘laylik - yakshanba kunlari jadval asosida navbatchilik tashkil qilingan holda fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga tarqatish amaliyoti yо‘lga qо‘yilgan.

 

Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi.

27−28 sentabr kunlari Shahrisabzda bо‘lib о‘tgan Qashqadaryo investitsiya forumida umumiy qiymati 302,6 mln dollar bо‘lgan 24 ta hujjat imzolandi.

Muzokaralar yakunlari bо‘yicha Chiroqchi tumanida Hindistonning NTPC kompaniyasi bilan quyosh elektr stansiyasi qurilishi (investitsiya miqdori — 100 mln dollar), Eronning Pooyapolymer kompaniyasi bilan tomchilab sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish (2 mln dollar), Hindiston tijorat palatasi bilan sharbat mahsulotlarini ishlab chiqarish (15 mln dollar), Turkiyaning Akansu Group kompaniyasi bilan polietilen quvurlar ishlab chiqarish hamda Pokistonning Mega Engineering Works kompaniyasi bilan gugurt ishlab chiqarish bо‘yicha loyihalar bо‘yicha memorandumlar imzolandi.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlardan 150 dan ziyod kompaniya vakillari ishtirok etdi. Shahrisabzdagi bosh maydonda Qashqadaryo viloyatining eksport, investitsion va turistik salohiyati kо‘rgazmasi ochildi.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

manba: qashqadaryo.uz

An’anaga kо‘ra, har yili paxta yig‘im-terimi oldidan viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev terimchilar bilan uchrashadi, ular bilan dildan suhbat qurib, sanoatimiz uchun о‘ta noyob hisoblangan paxta hosilini nes-nobud qilmasdan saranjomlab olishning ahamiyati xususida aytib о‘tadi.

Kasbi tumanidagi ana shunday mavsumoldi tadbir muhtasham “Sharshara” tо‘yxonasida bо‘lib о‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Tadbirda viloyat hokimi sо‘zga chiqib, bu yilgi yig‘im-terim mavsumida ixtiyoriy ravishda aholi orasidan tuzilgan otryadlar kuchi bilan terib olinishini, birorta byudjet tashkiloti yig‘im-terimga jalb etilmasligini aytib о‘tdi. Viloyat hokimi о‘z sо‘zida paxtani qisqa muddatlarda saranjomlab olishda Kasbi tumanida hech qanday muammo bо‘lmasligini, chunki kasbiliklar о‘z kasbi orqasidan halol non topadigan mard va tanti insonlar ekanini, tumanda tuzilgan otryadlarga birlashgan terimchilar hosilni tez va soz saranjomlab olishning ahamiyati, bundan kelayotgan daromadning mamlakatimiz iqtisodiyoti va о‘zlari uchun nechog‘li muhimligini ta’kidladi. Shuning uchun ham ular uyushqoqlik bilan mehnat qilib, dalalarda sochilib yotgan rizq-nasibasini halol terib oladilar.

Viloyat hokimi tumanda tashkil etilgan 312 ta otryad rahbarlariga о‘z qо‘li bilan Qarshi shahrida ishlab chiqarilgan zamonaviy televizorlarni topshirdi. Terimoldi tadbiriga yig‘ilganlar bir piyola choyga taklif etildi. Kuy-qо‘shiqlar raqslarga ulanib ketdi.

Tumanda bu yil 45 ming tonna paxtani qisqa muddatlarda, yog‘in-sochinga qoldirmay terib olish uchun barcha zarur chora-tadbirlar belgilangan. 312 ta zvenoga birlashgan 34 ming nafarga yaqin terimchining unumli mehnat qilishi uchun imkoniyatlar yaratib beriladi. Ularga issiq ovqat tashkil etiladi. Ilg‘or terimchilar muntazam rag‘batlantirib boriladi.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

Manba: qashqadaryo.uz

Islohot odimlari

Ma’lumki, mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta xom ashyosining 13 foizi, qazib olinayotgan gazning 64, neftning 67, gaz kondensatining 87 foizidan ortig‘i, shuningdek, g‘alla va meva-sabzavotning katta qismi viloyatimiz hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularni shu yerning o‘zida chuqur qayta ishlashni tashkil etish uchun ayni muddao. Ana shundan kelib chiqib, bugun bir qator quvvatlar ustida ish olib borilayaptiki, ushbu loyihalar bilan tanishgach, vaqt kelib ular nafaqat viloyat, balki mamlakat sanoati o‘sishiga ham sezilarli ijobiy ta’sir o‘tkaza olishiga amin bo‘lasan kishi.

"Oltin yo'l GTL"

2016-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi metan tozalash bazasida sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qarori qabul qilingan edi.

Ayni paytda "Oltin yo'l GTL" nomi bilan ataluvchi mazkur zavod G‘uzor tumanining Sho‘rtan qo‘rg‘onida bunyod etilmoqda. U yiliga 3,5 milliard kubometr gazni qayta ishlab, 863,4 ming tonna dizel yonilg‘isi, 304 ming tonna aviakerosin, 395,5 ming tonna nafta va 11,2 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish imkonini beradi.

Obyektning sozlash-ishga tushirish ishlari kelgusi yilning uchinchi choragida amalga oshirilishi, to‘rtinchi choragida esa zavod to‘liq faoliyat boshlashi kutilayapti.

Sanoat gigantlari ham endi hamkorimiz

"Indorama group" kompaniyasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik sanoat subyektlaridan hisoblanadi. U 1976-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Singapurda joylashgan, jahonning ko‘plab davlatlarida yirik korxonalari mavjud.

Kompaniya to‘qimachilik, bundan tashqari neft va gaz-kimyo tarmoqlari, poliester va sintetik matolar, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘nalishiga ixtisoslashgan yirik quvvatlariga ega.

E’tiborli tomoni, mazkur subyekt endilikda mamlakatimiz, xususan viloyatimizda ham o‘z faoliyatini boshladi. Ayni paytda mazkur kompaniya tasarrufidagi "Indorama agro tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati Kasbi va Nishon tumanlaridagi qariyb 11 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirmoqda. Olingan xom ashyo kompaniyaning yurtimizdagi korxonalarida qayta ishlanishi ko‘zda tutilgan.

Uchtasi birda

2017-yilda Qarshi tumani Qoratepa qishlog‘ida "LT Textile International" xorijiy korxonasi ish boshladi.

Eng zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan majmuada paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.

Ahamiyatli tomoni, bu - loyihaning birinchi bosqichi, xolos. Ikkinchi bosqichda shu yerning o‘zida tayyorlangan ip-kalavadan tayyor mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Umumiy qiymati 100 million AQSH dollarini tashkil etadigan ushbu loyiha ham kelgusi yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2020-yildan korxona klaster tizimiga o‘tadi. Ya’ni, viloyat hududidan 40 ming gektar yer olib, 300 million AQSH dollari sarflash evaziga zarur qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish, kerakli infratuzilmani shakllantirish hamda kuchli mutaxassislarni jalb etish orqali oliy navli paxta tolasi yetishtirish maqsad qi-lingan.

Har uchala loyiha to‘liq amalga oshirilgach, korxona yaratgan ish o‘rinlari miqdori qariyb 2,5 mingtaga yetadi.

Markaziy Osiyoda yagona

Dehqonobod kaliy zavodi nafaqat viloyatdagi, balki mamlakatimizdagi eng yirik sanoat korxonalaridan biridir. U Markaziy Osiyodagi kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.

Zavodning xom ashyo qazib olish va ishlab chiqarish quvvati yildan-yilga tizimli ravishda oshib bormoqda. Misol uchun, korxona faoliyat boshlagan ilk yillarda mahsulot eksporti hajmi 30 ming tonnaga ham yetmagan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 230 ming tonnadan oshdi. Ayni vaqtda 18 mamlakatga tovar eksporti amalga oshirilmoqda.

Zavodda bir qancha texnologiyalarni yangilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish ustida ish olib borilayapti. Yaqin vaqt ichida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi ham, miqdori ham oshadi. Natijada ish o‘rinlari soni yana 900 taga ko‘payib, 3 mingga yetadi.

Keltirganimiz - bor-yo‘g‘i 4 misol. Lekin islohotlar samaralarini tasavvur etish uchun yetadi. Mana e’tibor qiling, ana shu loyihalar asosida 10 ming nafar atrofida odam doimiy ishli bo‘ladi (ko‘pchilik hozirdan ishlayapti). Shuning ortidan doimiy daromadga erishadi, hayoti farovonlashadi, ro‘zg‘ori butlanadi. Bu kabi yirik loyihalar esa viloyatimizda o‘nlab, mamlakatimizda yuzlab amalga oshirilayapti. Sanoat sohasidagi islohotlardan qancha aholi bevosita manfaatdor ekanini shundan tasavvur etavering. Quvonarlisi, mamlakatimizda bu kabi o‘zgarishlar hamma sohada kechayapti.

JAHONGIR tayyorladi.

 Manba: qashqadaryogz.uz

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi tegishli qarori bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi huzurida "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi va uning viloyat, tuman (shahar)lar filiallari tashkil etilgan edi.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘z biznes faoliyatini boshlayotgan yosh tadbirkorlar, shuningdek, 50 foiz va undan ko‘proq muassislari yoshlardan iborat bo‘lgan yoki yaratiladigan ish o‘rinlarining 70 foizidan kam bo‘lmagan qismini 5 yil davomida yoshlarga ajratish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan boshqa subyektlarning loyihalari uchun kam foizli kreditlar ajratilishi belgilangan.

Ta’kidlash joiz, bu imkoniyat ayniqsa yoshlar orasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

- O‘tgan yili filialimiz tavsiyasi bilan 10 ta loyiha uchun 1 milliard 860 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan edi, - deydi "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi Nishon tumani filiali bosh mutaxassisi Aziz Jo‘rayev. - Joriy yilda esa ayni kunga qadar 11 ta loyiha uchun 1 milliard 460 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari berildi. Yana bir qator loyihalar moliyalashtirilishi kutilayapti.

Tumanning Yuksalish mahallasida yashovchi Siroj Qayumov ham "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasidan 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, yo‘lakbop plitalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Yosh tadbirkor tomonidan ta’sis etilgan "Nishon eko stroy" korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga nafaqat tuman yoki viloyat, balki qo‘shni viloyatlardan ham xaridorlar topilmoqda.

- Mahsulotimizning asosiy xom ashyosi qum, shag‘al, sement va maxsus rangdan iborat, - deydi u. - Asosiy ish qo‘lda bajariladi. Ayni paytda o‘zimdan tashqari yana besh kishi shu yerda ish bilan band. Kuniga 60 kvadrat metrdan 100 kvadratgacha mahsulot tayyorlayapmiz. Eng muhimi, mahsulotimizga xaridorlar ko‘p, shu bois endi quvvatni yanada oshirish harakatidamiz.

E’tiborli jihati, bu kabi loyihalarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida turdosh tarmoqlar o‘rtasida raqobat yuzaga kelib, sifat oshayapti, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilayotir.

Jahongir BOYMURODOV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

Manba: qashqadaryogz.uz

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA