Rasmiy statistika - har qanday davlat axborot tizimining muhim elementi bo'lib, hukumat, iqtisodiyot va jamoatchilikni iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va ekologik vaziyat haqida ma'lumot beradi. Milliy statistika tizimlari Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish uchun mamlakatlarning rivojlanishini baholashda muhim rol o'ynaydi.
Bugun Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) O'zbekistonda xalqaro statistika standartlari va eng yaxshi amaliyotlarni amalga oshirish bo'yicha hisobot e'lon qildi.
Hisobot BMT YIKning O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati (Eurostat) hamda Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA)lar bilan hamkorlikdagi 2018 yilning otyabr-noyabr oylarida o’tkazgan o’rganishi natijasida tayyorlangan.
Hisobotda BMT YIKning statistika bo'yicha mintaqaviy maslahatchisi boshchiligidagi xalqaro tashkilotlarning ekspertlari guruhi tomonidan berilgan sharh va tavsiyalar mavjud. U uchta asosiy yo'nalishni qamrab oladi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistikasini asosiy prinsiplariga rioya qilish, institutsional masalalar va statistik faoliyatning asosiy yo'nalishlari, jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) statistikasi.
Xalqaro ekspertlar O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimining rivojlanish darajasiga yuqori baho berishdi. So'nggi yillarda statistik ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarni joriy etish borasida katta sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Ba'zi sohalarda xalqaro standartlar va eng yaxshi amaliyotlarning eng so'nggi andozalariga to'liq mos kelishini ta'minlash uchun ba'zi ishlar qilish kerak, lekin aksariyat jabhalarda islohotlar boshlangan va yaqin kelajakda bu o’z samarasini beradi albatta.
Xalqaro ekspertlar tomonidan aniqlangan eng katta muammo, bu - O'zbekistonda aholini ro’yxatga olishning so’ngisi 1989 yilda o'tkazgan. Aholini ro'yxatga olish iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni o'lchash uchun asosiy demografik ma'lumotlar manbai sifatida muhimdir. BRMga erishish jarayonini kuzatishda аvvalo aholining demografik ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi. Shu bois, hisobotda keltirilgan 57 ta tavsiyalarning eng muhimlaridan biri, 2022 yilda bo’lib o’tadigan aholini ro'yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko'rish, yuqori saviyada tashkil etishga eng asosiy masalalardan biri sifatida e’tibor qaratish va to'liq qo'llab-quvvatlanishdir.
BMT YIK boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Davlat statistika qo'mitasi bilan ushbu samarali hamkorlikni rivojlantirishga umid qiladi. Hisobotda bayon etilgan tavsiyalarni amalga oshirish va O'zbekiston milliy statistika tizimini yanada mustahkamlash bo'yicha ishlarni amalga oshirishda hamkorligimiz zarur, bu borada chora-tadbirlar to'g'ri amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasida xalqaro statistika standartlari va ilg'or tajribalarni amalga oshirish bo'yicha birgalikda o’tkazilgan o’rganishni quyidagi manzilda ko’rish mumkin: Havola
Joriy yilning fevral oyidan boshlab Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlarida tajriba usulida zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda iste`mol narxlari kuzatuvini olib borish tartibi joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan 2019 yilning 17 yanvar kuni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Toshkent shahar tuman statistika bo`limlari hodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini halqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi. Bo`lib o`tgan tadbir davomida Toshkent shahar statistika boshqarmasi hamda tuman statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish jarayonida planshet qurilmalaridan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.
Axborot xizmati
2019 yil 11 yanvar holatiga (1 kg. so`mda)
Mahsulot nomi | Min. | Max. |
Mol go`shti (minimal narxi - suyakli, maksimal narxi - suyaksiz lahm) |
28 000 |
55 000 |
Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Chirchiq sh. “Chirchiq shahri dehqon bozori”, Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori” |
Toshkent sh. “Mirobod dehqon bozori” | |
Qo`y go`shti | 28 000 |
48 000 |
Toshkent sh. “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” | Toshkent sh. “Farhod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori” |
|
Kartoshka | 1 200 |
4 000 |
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori” | Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” |
|
Piyoz | 500 |
2 500 |
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori” | Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori” | |
Sabzi | 1 000 | 4 000 |
Andijon sh. “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Namangan sh. “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”, Farg`ona sh. “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori” |
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” |
|
Tuxum (10 dona) | 3 000 |
8 000 |
Toshkent sh. “Qo`yliq dehqon bozori” | Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori” | |
Guruch (minimal narxi “Mustaqillik" va “Nukus” navlari, maksimal narxlari “Devzira” va “Cho`ng`ara” navlarida qayd etilgan) |
5 000 |
25 000 |
Toshkent sh. “Eski jo`va dehqon bozori”, Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Andijon sh. “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dexqon bozori” Jizzax sh. “Eski shahar dehqon bozori”, “Jizzax markaziy dexqon bozori”, Guliston sh. “Guliston dehqon bozori” |
Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” |
|
O`simlik yog`i (1 l.) (minimal narxi - paxta yog`i, maksimal narxi - kungaboqar yog`i) |
8 000 |
13 000 |
Andijon sh. “Yangibozor dehqon bozori” | Jizzax sh. “Ko`k dehqon bozori” | |
Shakar | 4 400 |
6000 |
Toshkent sh. “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo`va dehqon bozori” |
Termiz sh. “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” |
*) Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste`mol narxlari ma`lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan quyidagi shakllantirilgan ro`yxat asosidagi savdo ob`yektlari (markaziy dehqon bozorlari)dan olingan.
2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. so`mda)
Mahsulot nomi | Min. | Max. |
Mol go`shti | 26 000 | 52 000 |
Nukus sh. | Chirchiq sh. | |
Qo`y go`shti | 28 000 | 46 600 |
Jizzax sh. | Toshkent sh. | |
Kartoshka | 1 200 | 3 700 |
Toshkent sh. | Toshkent sh. | |
Piyoz | 500 | 1 900 |
Toshkent sh. | Toshkent sh. | |
Sabzi | 900 | 3 400 |
Namangan sh. | Toshkent sh. | |
Tuxum (10 dona) | 4 000 | 7 800 |
Andijon sh. | Toshkent sh. | |
Guruch | 4 000 | 19 600 |
Guliston sh. | Toshkent sh. | |
O`simlik yog`i (1 l.) | 8 500 | 13 000 |
Andijon sh. | Jizzax sh. | |
Shakar | 4 500 | 5 500 |
Guliston sh. | Nukus sh., Andijon sh., Buxoro sh., Jizzax sh., Qarshi sh., Navoiy sh., Namangan sh., Samarqand sh., Termiz sh., Urganch sh. |
*) Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste`mol narxlari ma`lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan quyidagi shakllantirilgan ro`yxat asosidagi savdo ob`yektlari (markaziy dehqon bozorlari)dan olingan:
Respublika hududlari kesimidagi markaziy dehqon bozorlari ro`yxati