Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-83-94.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Bugun Qarshi shahridagi musiqa va san’at maktabida 2-sektor rahbari - Qarshi shahar prokurori Aktam Navrо‘zov о‘z sektori hududidan kelgan 200 dan oshiq yosh bilan muloqot qildi.

Tadbir yoshlar muammolarini о‘rganish, ularni samarali hal etishga bag‘ishlandi.

Ochiq suhbat tarzida о‘tgan uchrashuvda prokurorga kо‘plab yoshlardan masala kelib tushdi. Xususan, 10 nafarga yaqin yosh tadbirkorlik boshlash uchun imtiyozli kredit olishda yordam sо‘radi. О‘rganish о‘tkazib, ularga sektor rahbari tavsiyasi berilishi bildirildi.

15 nafardan ziyod yosh yigit-qiz esa bandligi ta’minlanishini iltimos qildi. Bu boradagi aksariyat sо‘rov joyida hal etildi.

6 nafar yoshga ishga joylashgani haqidagi buyruq, yana shunchasiga kasb-hunarga о‘qitish markaziga yо‘llanma berildi. Fan, san’at va sport sohasida yutuqqa erishgan 8 nafar yoshga prokuror tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi topshirildi.

 

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA