Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-83-94.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, dunyo miqyosida korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali bu illat barham topmagan.

«Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bank, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, shuningdek, fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.

Misol uchun, tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda. Ko‘plab sohalarda davlat xaridlarini amalga oshirish tizimi ochiq-oshkora emas», – deyiladi xabarda.

Davlat rahbari Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta'kidlab, unga qarshi kurashishga mas'ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi.

Bugungi yig‘ilishda ushbu yangi tuzilmani tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalarda bu illatdan qutulish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

«Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li – davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir. Bunda eng asosiy e'tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta'minlashga qaratish lozimligi belgilandi.

Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi «komplayens nazorat» tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish tiziminining barcha tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqib, amaliyotga kiritish shartligi ta'kidlandi.

Mutasaddilarga xorijiy tajriba asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilmani tashkil etishga doir hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi. Mazkur tuzilma nafaqat bu borada davlat siyosatini amalga oshirishi va muvofiqlashtirishi, balki korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi», deyiladi rasmiy axborotda.

Yig‘ilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va Jamoatchilik palatasini tashkil etish masalasi ham muhokama qilingan.

2020 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi yangi organni tashkil etish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi 1 mayga qadar ishlab chiqiladi.

 

O'zA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA