Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

TADBIRKORLAR UCHUN

Obuna bo'ling!

Please enable your javascript to submit this form

Toshkentda 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
 
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so‘zladi.
 
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining bugungi yalpi majlisi barqaror milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida, jamiyatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli va shiddatli demokratik islohotlar jadal olib borilayotgan mas’uliyatli bir davrda bo‘lib o‘tmoqda, – dedi davlat rahbari.
Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar xalqimizning fidokorona mehnati tufayli izchil amalga oshirilayotgani, milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. 
 
Prezident xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini yanada yaxshilash, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda Senatning roli va ta’sirini oshirish zarurligini ta’kidladi. 
 
Milliy va hududiy manfaatlar nuqtai nazaridan qonunlar ishlab chiqilishida senatorlarning faolligini oshirish, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirish, xalq deputatlari mahalliy kengashlari bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Senatning xalqaro yo‘nalishdagi faoliyatini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. 
– Biz Senat deganda, birinchi navbatda milliy parlamentimizning siyosiy, huquqiy va madaniy saviyasini amalda namoyon etadigan, xalq manfaatlarining chinakam ifodachisi va haqiqiy himoyachisi bo‘lgan katta bir kuchni tasavvur qilamiz. Senator – bu xalqning yuksak ishonchini qozongan vakil. Xalqimiz oldida hammamiz mas’ul va javobgarmiz, – dedi Shavkat Mirziyoev. 
 
Davlat rahbari o‘z nutqida xotin-qizlar uchun munosib ish va turmush sharoitlari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish, ayollarning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berdi. 
 
– Bir narsani tan olish kerak: ayollar xalqning dardini boshqalardan ko‘ra chuqur his qiladi. Bu yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda mehnatkash va oqila ayollarimiz qanchalik ko‘p saylansa, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf ko‘radi, – dedi Prezident. 
 
Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida yangi qo‘mita – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzishni taklif etdi. 
 
Ma’lumki, 2015 yildan buyon Senat Raisi bo‘lib ishlagan Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlangani munosabati bilan lavozimidan muddatidan oldin ozod etilgan edi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasiga asosan, Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Tanzila Norboeva nomzodini taklif etdi.
 
Yuqori palata a’zolari nomzod to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. So‘zga chiqqanlar Tanzila Norboeva bilim va tajribasi, vatanparvarligi, jamiyatdagi obro‘-e’tibori, insoniy fazilatlari bilan ushbu lavozimga munosibligi, Senat faoliyatini bugungi kun talablari asosida takomillashtirish bo‘yicha Prezident nutqida bayon etilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qodir ekanini ta’kidladilar. 
 
Senatorlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Senat Raisi lavozimiga Tanzila Norboeva saylandi.
Tanaffusdan so‘ng Oliy Majlis yuqori palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etildi.
 
Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan Senatning tegishli qarorlari qabul qilindi.
 
O`ZA

Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев 10 июнь куни Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Сума Чакрабарти бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. Бу ҳақда Ўзбекистон президентининг матбуот хизмати хабар берди. 

“Учрашувда амалий ҳамкорликни ривожлантиришнинг асосий йўналишлари, жумладан, мамлакатимизда инвестиция лойиҳаларини ва кредитларни ўзлаштиришни тезлаштириш, иқтисодий ислоҳотларни амалга оширишга, қулай ишбилармонлик ва инвестиция муҳитини шакллантиришга кўрсатилаётган кўмакни кенгайтириш масалалари батафсил кўриб чиқилди”, дейилади хабарда.

Сума Чакрабарти Европа тикланиш ва тараққиёт банкининг Ўзбекистон билан кўп қиррали шерикликни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва давом эттириш борасида интилиши қатъий эканини таъкидлади.

Хабарда қайд этилишича, ЕТТБнинг Тошкент шаҳридаги ваколатхонаси фаол ишламоқда, унинг Андижон шаҳрида ва мамлакатимизнинг бошқа ҳудудларида филиалларини очиш режалаштирилган.

Ўтган йил октябрь ойида банкнинг Ўзбекистон бўйича мамлакат стратегияси қабул қилинганди. ЕТТБ экспертлари кўмагида Ўзбекистоннинг энергетика, банк ва молия соҳалари, капитал бозорини ривожлантириш ва республикада рақобат муҳитини яхшилаш бўйича ислоҳотлар ишлаб чиқилмоқда ва амалга оширилмоқда.

Қиймати жами 600 миллион доллардан зиёд кредит маблағларини жалб этган ҳолда республика ҳудудларида энергетик ва коммунал инфратузилмани модернизация қилиш бўйича устувор инвестиция лойиҳалари тайёрланмоқда. Хусусий сектор лойиҳаларига 100 миллион доллардан зиёд инвестиция киритилди.

Бундан ташқари, умумий қиймати 800 миллион долларга яқин бўлган ижтимоий аҳамиятга эга истиқболли дастур ва лойиҳалар ишлаб чиқилмоқда.

Manba: kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ichki ishlar vazirlari kengashining shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan tadbirlarida ishtirok etayotgan MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirliklari va idoralari rahbarlarini qabul qildi.

Prezidentimiz Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlarini samimiy qutlar ekan, Hamdo‘stlik mamlakatlari huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda MDH Ichki ishlar vazirlari kengashi samarali hamkorlik, ilg‘or tajriba va bilim almashish, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilik va odam savdosiga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish uchun muhim mexanizm ekani ta’kidlandi.

Hamdo‘stlik hududida jinoyatlar soni keyingi besh yilda 25 foizdan ziyodga qisqargani Kengash faoliyatining natijadorligidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, birgina o‘tgan yilda qo‘shma operatsiyalar doirasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullangan 892 nafar shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi hamda 84 nafar jinoyatchi ushlandi.

Uchrashuvda MDHga a’zo davlatlar ichki ishlar organlari hamkorligini yanada kengaytirish, jumladan, samarali idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, xususan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda sheriklikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiyalar rahbarlari Prezidentimizga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, o‘z davlatlari rahbarlarining salomini yetkazdilar.

Mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish tizimida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va profilaktika qilish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi yuksak baholandi.

Hamdo‘stlik mamlakatlari huquqni muhofaza qilish tuzilmalari o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshish kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida faol hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekani alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari MDH Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Manba:president.uz

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani hamda ularni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, aniq amaliy mazmun bilan boyigani alohida ta’kidlandi.

Joriy yil aprel oyida Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi samarali bo‘lgani, bu Elboshi tashqi siyosati bardavomligini yana bir bor namoyish etgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suhbatda Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, sanoat, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda yetakchi korxonalar va ishbilarmonlar darajasida kooperatsiyani kuchaytirishga qaratildi.

O‘zaro savdo hajmi izchil ortib borayotgani va uning tarkibi diversifikatsiya qilinayotgani ijobiy baholandi. 2018-yilda tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshdi, yaqin vaqtda bu ko‘rsatkichni kamida 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi turibdi.

Keng iqtisodiy imkoniyatlar va madaniy-gumanitar sohadagi katta salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida, jumladan, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili tadbirlari doirasida izchil hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Mamlakatlarimiz Bosh vazirlari boshchiligidagi Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot so‘ngida Shavkat Mirziyoyev va Nursultan Nazarboyev O‘zbekiston va Qozog‘iston qardosh xalqlarining farovonligi, Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyoti yo‘lida strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga o‘zaro intilish qat’iy ekanini yana bir bor ta’kidladilar.

Manba: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2018-yil 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizni yirik ishbilarmonlik markaziga aylantirish, investitsiyalarni faol jalb qilib, zamonaviy korxonalar tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Bugungi kunda poytaxtimizda kichik sanoat zonalari va texnoparklar infratuzilmasidan samarali foydalanib, yuqori texnologiyali quvvatlarni tashkil etish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 13-may kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda Toshkent shahrida zamonaviy sanoat korxonalari tashkil etish ishlari tahlil qilingan edi.

Avval berilgan topshiriqlarga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirish uchun umumiy qiymati 617 million AQSh dollaridan ziyod 19 ta yangi investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. 
 

Ahamiyatlisi shundaki, ushbu loyihalarning barchasi sanoat sohasida bo‘lib, ular natijasida 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Har yili qariyb 1 milliard dollarlik bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish, 290 million dollardan ziyod eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Loyihalar qo‘shilgan qiymati va mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Keng turdagi maishiy texnikalar, lift va eskalatorlar, nasoslar, suv isitgichlar, qog‘oz va qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo vositalari, zargarlik va shisha tovarlari shular jumlasidandir.  

Investor va tashabbuskorlar o‘z loyihalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi. Ushbu korxonalar Toshkent mexanika zavodining hozirda foydalanilmayotgan bino va maydonlarida tashkil etiladi. Ular 2019-2020-yillar davomida ishga tushiriladi.

Prezidentimiz ushbu loyihalar shaharning mavjud infratuzilmasidan samarali foydalangan holda bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish,  aholini ish bilan ta’minlash jihatidan muhimligini ta’kidlab, ularni tezroq ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mutasaddilarga xaridorgir sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati kamida 1 milliard dollar bo‘lgan qo‘shimcha loyihalar shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Manba: president.uz

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-3165-SON QARORI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA