Sayt test rejimida.

TADBIRKORLAR UCHUN

2019 yil 2-6-sentyabr kunlari Chiba (Yaponiya) shahrida barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ekologik-iqtisodiy hisob tizimi va atrof-muhit statistikasi bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Kurs Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani mamlakatlari uchun statistika instituti (SIAP) hamda Osiyo va Tinch Okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (OTOIIK) tomonidan tashkil etildi.

Osiyo va Tinch okeani statistika institutida o‘tkazilgan mazkur kursda Ozarbayjon, Butan, Hindiston, Eron Islom Respublikasi, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Malayziya, Maldiv orollari, Myanma, Mongoliya, Mikroneziya, Shri-Lanka, Yaponiya, Qozog‘iston, Tailand, Tojikiston kabi davlatlardan vakillar ishtirok etdi.

Mazkur o’quv dasturda O‘zbekiston Respublikasidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili va Davlat statistika qo‘mitasidan Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasining Ekologiya va chiqindilardan foydalanish statistikasi sho‘basi mudiri D.Xodjaev qatnashdilar.

O‘quv kursida atrof-muhit statistikasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi va tamoyillari asoslari ko’rib chiqildi. Shuningdek, statistika amaliyotiga ekologik-iqtisodiy hisob tizimini tadbiq etish, atrof-muhit ko‘rsatkichlarini statistik hisobga olishning uslubi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA