Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR UCHUN

Obuna bo'ling!

Please enable your javascript to submit this form

Joriy yilning 5-8 mart kunlari Amerika Qo`shma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika Komissiyasining 50-sessiyasi bo`lib o`tmoqda.

Mazkur Komissiya yig`ilishda Davlat statistika qo`mitasi Raisining ijtimoiy statistika bo`yicha o`rinbosari Ziyadullaev Mahmudjon Jo`raqulovich ishtirok etmoqda. Ma`lumki, Komissiya xalqaro statistika tizimining eng yuqori organi bo`lib, xalqaro statistika standartlarini ko`rib chiqadi va tasdiqlaydi. 50-sessiyada boshqa masalalar qatorida Barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlari bo`yicha idoralararo ekspertlarning hisobotlari muhokama qilinadi.

Eslatib o`tamiz, 50-sessiyada muhokama qilingan masalalar va Davlat statistika qo`mitasi Raisining ijtimoiy statistika bo`yicha o`rinbosari Ziyadullaev Mahmudjon Jo`raqulovichning safar natijalariga oid ma`lumotlar batafsil berib boriladi.

Axborot xizmati