Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-83-94.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

TADBIRKORLAR UCHUN

Joriy yilning 7–fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasidа 2019-yil yakunlariga bag`ishlangan Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan viloyat statistika organlarida 2019-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son Qarorida viloyat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda 2019-yil davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi bo`yicha masalalar yig`ilish kun tartibidan o`rin oldi.

Kengaytirilgan Kengash yig`ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko`rib chiqilib, natijalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA