TADBIRKORLAR UCHUN

 16-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan mirishkor tumanida  tadbirkorlik subyektlariga 2019 yil uchun 1-KB shakli (yillik) davlat statistika hisobotini oʼz vaqtida, toʼgʼri va sifatli taqdim etishlari yuzasidan oʼquv-seminari oʼtkazildi.

Seminarda Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda mirishkor  tuman statistika boʼlimining malakali mutaxassislari va tadbirkorlik subyektlarining rahbar va hisobchilari ishtirok etishdi. Mazkur oʼquv-seminarda ishtirokchilarga davlat statistikasi tizimiga kiritilgan yangiliklar, oʼzgarishlar, davlat statistika hisobotini taqdim etishda yaratilgan qulayliklar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

 Ishtirokchilar o`zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi .

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA