TADBIRKORLAR UCHUN

2020 yil 4 yanvar kuni Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi, barcha shahar va tuman statistika bo`limi xodimlari  ishtirokida davlat statistika qo`mitasi raisi tomonidan berilgan topshiriqlar va 2019 yil yakuni, 2020 yilda qilinadigan ishlar yuzasidan yig`lish bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda quyidagi masalalar jamoa oldiga qo`yildi va ularning so`zsiz bajarilishini ta’minlash shartligi aytib o`tildi:

  1. Boshqarmada faoliyat ko`rsatayotgan barcha xodimlarning statistika sohasini rivojlantirshda eskicha fikrlash, yondashish va “kunim o`tsa bo`ldi” degan dunyo-qarashdan voz kechtirish. Ularni vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqat bilan ishlashga yo`naltirish borasida har haftada ma’naviyat soatlari va metodologik seminarlar tashkil qilib boorish shartligi.
  2. Xalqaro reytinglar, ma’lumotlar bazalarida mamlakatimiz haqidagi indikatorlarni yangilash borasida aholini 2022 yilda ro`yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko`rish, 2020 yil halqaro taqqoslash dasturida O`zbekiston Respublikasi tomonidan 2020-2021 yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda mul’tiinidikator klaster kuzatuvlarini o`tkazilishida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan yuqori darajada tashkil etilishini ta’minlash.
  3. Statistik ma’lumotlarning ob’ektivligi, shaffofligi, haqqoniyligi va ishonchligini ta’minlash borasida ilg`or axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni ta’minlash.
  4. Statistika faoliyatiga ilm-fanni keng kiritish va viloyat statistika boshqarmasi xodimlarini statistika bo`yicha bilimdonligini yuksaltirib borish.
  5. Milliy statistikamizni xalqaro andoza va standartlar darajasiga olib chiqish borasida Jahon banki bilan o`zaro xamkorlikda ishlab chiqilgan”Milliy statistikani rivojlantirish strategiyasini” (2020-2025 yilgacha) viloyat statistika boshqarmasi tizimida amaliyotga bosqichma-bosqich joriy qilib borish.

Yuqorida keltirilgan barcha dolzarb vazifalarni so`zsiz bajarishda statistika boshqarmasi o`rinbosarlari, tarmoq bo`lim boshliqlari  va hududiy statistika bo`lim boshliqlarini to`liq safarbar qilib,yagona jamoa bo`lib ish faoliyatini tizimli, innovasiyali, ilm-fan asosida samarali tashkil qilishga kafolat berdilar.

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA