Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

TADBIRKORLAR UCHUN

Joriy yilning 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyat hokimligi binosining majlislar zalida Barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, kadastr, statistika, o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillari, shuningdek, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosi bo’yicha seminar o’tkazildi.

Seminarda, Davlat statistika qo’mitasining “Demografiya va mehnat statistikasi” boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Yuldoshev Zoyir Toshkanovich ushbu farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ishchi komissiyaning har bir a’zosi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g’risida ma'ruza qildi.

 Seminar davomida hududiy komissiya a'zolari, kadastr bo’limlari, o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillari va semenar ishtirokchilar  tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-3165-SON QARORI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA